1 – Amaliy mashg‘ulot avtotransport korxonalarida kxk ishlarini



Yüklə 55,41 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü55,41 Kb.
#189185
1   2   3   4
ATE amaliy

1.1-rasm. ATXKSlarida avtoservis xizmatini tashkil qilishning texnologik jarayoni

Hammabop (universal) texnologiya deyilganda, uning kо‘p marotaba, boshqa joylarda ham qо‘llash imkoniyati mavjudligi va turli modeldagi avtomobillarga xizmat kо‘rsatishda qо‘llash mumkinligi tushuniladi.





1.2.-rasm. ATXKS postlari va mintaqalarini joylashish chizmasi.
I-ishlab chiqarish mintaqasi; II-ma’muriy mintaqa
Texnologiyani yakunlovchanligi esa, avtomobil xar bir uchastkadan о‘tgan paytda shu uchastkada mо‘ljallangan barcha ishlar tо‘la bajarilishi zarurligini bildiradi.
Albatta maqsadga muvofiq (ratsional) texnologiya qо‘llanilganda mehnat unumi va sifati yuqori bо‘lishligi zarur va shart. Avtoservis xizmati kо‘rsatuvchi yirik kompaniyalar, firmalar о‘zlarining avtomar-kazlari,

ATXKS iо‘lab chiqarish texnologik jarayonini tо‘g‘ri tashkil etish maqsadida barcha postlar (avtomobil turar joylari) maxsus belgilanishlariga (indekslariga) ega. Indekslarning birinchi raqami (nuqtagacha) ushbu postning qaysi mintaqaga tegishliligini bildirsa, ikkinchi raqam (nuqtadan sо‘ng) postning turini bildiradi:


0-avtomobil-kutish joyi; 1-qо‘g‘almas kо‘tarish eltish jixoziga ega bо‘lgan ishchi posti; 2-yer usti ishchi posti; 3-yordamchi post; 4-tormoz tizimini tekshirish jixoziga ega bо‘lgan ishchi post; 5-boshqarish g‘ildiraklarini о‘rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jixozi bilan ta’minlangan ishchi post; 6-yoritish va signalizatsiya, shu jumladan dvigatel va uning tizimlarini tekshirish jixozlariga ega bо‘gan ishchi post (quvvat jixozi о‘ratilishi ham mumkin).
Post va ishlab chiqarish mintaqalari quyidagi indekslar bilan belgilanadilar (1.2-rasm):
1-qabul qilish va topshirish mintaqasi;
1.3-nazorat, qabul va topshirish posti (yordamchi post);
2-yuvish bо‘limi; 2.1-yuvish posti (ishchi); 2.3-quritish posti (yordamchi);
3-diagnostika bо‘limi; 3.4-tormoz tizimini tekshirish jihoziga ega bо‘lgan ishchi post; 3.5- boshqarish g‘ildiraklarini о‘rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jixozi bilan ta’minlangan ishchi post ; 3.6-dvigatel, uning tizimlari va yoritish va signalizatsiya asboblarini tekshirish ishchi posti (quvvat jhoziga ega bо‘lishi ham mumkin);
4-TXK mintaqasi; 4.0- avtomobil kutish joyi; 4.1- qо‘zg‘almas kutarish jihoziga ega bо‘lgan TXK ishchi posti; 4.2- TXK yer usti ishchi posti;
5-JT posti; 5.0-avtomobil kutish joyi; 5.1-qо‘zg‘almas kо‘tarish jihoziga ega bо‘lgan JT posti;
6-moylash bо‘limi; 6.0-avtomobil kutish joyi; 6.1.-qо‘zg‘almas kо‘tarish jihoziga ega bо‘lgan ishchi posti;
7-akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va zaryadlash ustaxonasi; 7.0-avtomobil kutish joyi;
8-elektr jihozlari va asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 8.0-avtomobil kutish joyi;
9-yonilg‘i ta’minoti tizimi asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 9.0-avtomobil kutish joyi;
10-agregat-mexanika bо‘limi; 10.0-avtomobil kutish joyi;
11-shinomontaj bо‘limi; 11.0-avtomobil kutish joyi;
12-qoplamachilik agregat ustaxonasi; 12.0-avtomobil kutish joyi;
13-kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi; 13.0-avtomobil kutish joyi; 13.1-qо‘zg‘almas kо‘targichli ishchi post; 13.2-yer usti ishchi posti;
14-bо‘yoqchilik ustaxonasi; 14.1-qо‘zg‘almas kо‘targichli ishchi post; 14.2-yer usti ishchi posti; 14.3-yordamchi post.
ATXKSlari va diler stansiyalari uchun ishlab-chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning turli turlarini ishlab-chiqqanlar va qо‘llaganlar.

  1. 3. Ishni bajarish joyi.

Qarshi shahridagi QashqadaryoAvtoTexXizmat avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish korxonasi.
4. Ishni bajarish tartibi.
Talabalar Qarshi shahridagi QashqadaryoAvtoTexXizmat avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish korxonasidagi avtomobillarga xizmat kо‘rsatishni tashkil etish texnologiyasi bilan tanishadilar va ularni nisbiy taqqoslash yо‘li bilan tahlil qiladilar.
5. Nazorat savollari:
1. Avtoservis xizmati.
2. Texnik xizmat ishlari.
3. Tijoriy va axborot (informatsion) xizmati ishlari
4.Maqsadga muvofiq (ratsional) texnologik jarayon.
5.Avtoservis tizimining kо‘p qirrali faoliyati.

Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin