1 – Amaliy mashg‘ulot AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA kxk ISHLARINI tashkil etish texnologiyasi Ishdan maqsad: Avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish korxonasida avtomobillarga xizmat kо‘rsatishni tashkil etish texnologiyasi bilan tanishish, о‘rganish va ularni nisbiy taqqoslash va tahlil qilish bо‘yicha kо‘nikma hosil qilish. Avtomobillarga servis xizmat kо‘rsatish davrida bajariladigan ishlarining ketma ketligini о‘rganish.
1.Nazariy malumotlar Texnik xizmat ishlari deyilganda avtomobil, uning agregatlari, detallari va qismlari texnik holatini sozlash, rostlash va ta’mirlash bilan bog‘liq bо‘lgan ishlar jamlanmasi kо‘zda tutiladi.
Tijoriy va axborot(infarmatsion) xizmati ishlari esa avtomobillarni ehtiyet qismlar, avtoekspluatatsion materiallar va avtoanjomlar bilan taminlash, savdo va reklama qilish xamda bu sohani biznes sifatidagi faoliyati tushuniladi, aniqrog‘i:
-avtomobillar, ehtiyot qismlar, avtomateriallar, avtoanjomlar bilan savdo kilish;
- avtomobillarni yonilg‘i-moy materiallar bilan taminlash;
- kо‘rsatiladigan xizmat turlarini reklama qilish, mijozlarni axborot bilan taminlash, sohadagi raqobatga moslashish, mijozlarning talablari, fikrlari va didlarini doimo о‘rganib, ish faoliyatida hisobga olib borish va h.k.
Avtoservis xizmat turlariga shuningdek, aholi avtomobillarini komission usulda sotib berish, aholiga transport xizmat kо‘rsatish va avtomobillarni ijaraga berish kabilar xam kiradi.
Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati Vatanimiz avtomobil transporti va aholi avtomobillari uchun katta bо‘lib uning xizmatidan yil davomida avtomobillar doimiy foydalanadilar. Respublikamiz avtoservisi о‘ziga xos rivojlanish tarixi va yо‘liga ega. Malumki, jahon avtoservisi avtomobil sanoati va transportiga tengdosh bо‘lib ular bilan birga rivojlangan va bir xil tarixga ega. Zotan, jahon avtomobil bozorlarini egallash xamma vaqt zamonaviy avtomobil servisi uzluksiz ishlab turishini talab etgan.
Vaxalonki MDH da avtoservisni paydo bо‘lishi va uni rivojlanishi asosan fuqarolarni avtomiobillarga ega bо‘lishi bilangina bog‘liq bо‘lgan. Davlat siyosati, xamma sohada bо‘lganidek, avtomobil transportida ham asosan jamoat tarnsportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar transporti, ikkinchi darajali hisoblanar, va uni transport tizimidagi о‘rni qadrlanmas, unga xizmat kо‘rsatish avtomobil egalarini о‘z muammolari bо‘lib qolgan edi. Avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatuvchi korxonalar mamlakatni faqat yirik va markaziy shaharlaridagina bо‘lib ular asosan chet el sayohatchilari va elchixonalari avtomobillariga xizmat qilar edi.