1 – Amaliy mashg‘ulot avtotransport korxonalarida kxk ishlarini


Avtomarkazlar va avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish stansiyalarida ishlab chiqarish, ishlab chiqarish uchastkalari



Yüklə 55,41 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü55,41 Kb.
#189185
1   2   3   4
ATE amaliy

Avtomarkazlar va avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatish stansiyalarida ishlab chiqarish, ishlab chiqarish uchastkalari.


ATXKSlarida avtoservis xizmat turlarining eng muhimlari avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash hisoblanadi. Xizmatni boshqa turlari tijorat va texnik ahamiyatga ega bо‘lsada, shu ikki xizmatga yо‘ldosh sifatida bajariladi.
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi.
Avtomobillarni о‘zida bajariladigan ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus postlarda bajariladi. Avtomobillardan chiqarib olingan agregatlar, asbob-uskunalar va turli qismlar esa maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi va sozlanadi. ATXKS larda ishlab-chiqarishini tashkil etish texnologiyasi avtomobilni tozalash-yuvish-yig‘ishtirish, qabul qilish uchun kо‘rib chiqish va zarur bо‘lgan hollarda avtomobilni diagnostika postidan о‘tkazib bajariladigan ishlar hajmini oldindan taxminiy aniqlash hamda ularni bajarish shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi. Shuni aytish zarurki, qaysi va qanday ishlarni bajarilishni tanlash va buyurish mijozning huquqidir. Bunda, albatta servis hodimi unga malakali tushintirish yordamini kо‘rsatishi mumkin.
Mijoz bilan servis qabul qiluvchi mutaxassisi barcha asosiy masalalar (ishlar hajmi, bajarish muddati va xizmat narhi) bо‘yicha kelishilib kerakli hujjatlar tо‘ldirilgandan sо‘ng (texnik holat dalolatnomasi, buyurtma-naryad) avtomobil TXK yoki ta’mirlash mintaqasiga (uchastkasiga) jо‘natiladi. Birinchi navbatda ta’mirlash ishlari bajarilib sо‘ngra TXK ishlari bajariladi.
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi.
Ayrim ishchi postlari ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bо‘lishlari mumkin, masalan, moylash va moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g‘ildiraklarni о‘rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va h.k.
TXK va ta’mirlashning barcha umumiy ishlari (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni о‘rnidan ajratib olish va о‘rniga qо‘yish va h.k.) universal postlarda bajariladi va bu ishlar kо‘pchilikni tashkil etadi. Kichik quvvatli stansiyalarning (2-6 postli) postlari asosan universal postlardan iboratdir. Yirik va ba’zan о‘rta quvvatli ATXKS larida avtomobillardagi mayda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun aloxida, kirish va chiqish uchun qulay bо‘lgan joyda, maxsus postlar ajratiladi. Bunda avtomobil yuvish-tozalash va qabul qiluvchi bilan kelishgan holda bо‘sh turgan postga kiritiladi yoki bо‘shi bо‘lmagan holda kutib turiladi. Shu joyni о‘zida, aynan shu postda, barcha ishlar bajariladi va avtomobil ATXKSdan chiqib ketadi.
Ba’zan, asosan chet amaliyotida, shu postlarni qatorida о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish postlari ham ajratiladi, ya’ni mijoz о‘zi yoki yordamchisi bilan о‘zlari mо‘ljallangan ishlarni о‘zlari bajarib olishadi.
Avtomobillarga tо‘la ravishda (kompleks) xizmat kо‘rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi:
-avtomobillarni yuvish va quritish;
-avtomobillarni TXKga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
-maxsus diagnostika uchastkasi;
-texnik xizmat kо‘rsatish postlari;
-ta’mirlash va agregatlarni almashtirish postlari:
-kuzov elementlarini (eshiklari, kanotlari, bamperlari va h.k.) ta’mirlovchi postlar;
-agregatlar va detallarni ta’mirlovchi ustaxonalar;
-g‘ildiraklar va shinalarga xizmat kо‘rsatuvchi ustaxonalar;
-akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadlovchi ustaxonalar;
-elektr jihozlariga xizmat kо‘rsatuvchi ustaxonalar;
-dvigatelning ta’minot tizimi priborlari (karbyurator, injektor, benzonasos va h.k.) ga xizmat kо‘rsatuvchi ustaxonalar;
-kuzovni ta’mirlash kompleksi (tunukasozlik, payvandlash, armatura, bо‘yashga tayyorlash, bо‘yash va quritish).
Avtomarkazlarda, yirik va о‘rta ATXKS larda yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining barchasi tо‘la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha turlari ham bо‘lishi mumkin, masalan, mayda ta’mirlash ishlarini TXK postlarida yoki alohida, kirishga va chiqishga qulay bо‘lgan postlarda bajarishni tashkil qilish mumkin. Ba’zi ustaxonalar kichik ATXKS larda birlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jihozlari ustaxonasi bilan, ta’minot tizimi asboblarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasida baja-rilishi mumkin. Shuningdek TXK ishlari ta’mirlash ishlari bilan birgalikda bir postning о‘zida tashkil etilishi ham mumkin.
Avtoservis korxonalarida hamma hollarda ham avtomobilni yuvish tozalash, qabul qilib kо‘zdan kechirish ishlari bajariladi, xavfsizlikni ta’minlovchi mexanizmlari va tizimlari diagnostika qilinadi, zarurat bо‘lsa chuqur diagnostika qilib sо‘ng ishchi postlarga yoki kutish joylariga jо‘natiladi. 1.1-rasmda ATXKSlarida avtoservis xizmatini tashkil qilishning texnologik jarayoni keltrilgan.
Ishlab-chiqarishni tashkil etilishining texnologiyasi, ya’ni barcha ishlar bajarilishining ketma-ketligi, tartibi ishlab chiqilar ekan, bu texnologiya, ya’ni texnologik jarayon ratsional, eng maqsadga muvofiq bо‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish joylarining har biri quyidagicha ixtisoslashgan bо‘ladi:

  • texnik hizmat va mayda ta’mirlash postlari;

  • maxsus diagnostika uchastkasi;

  • ta’mirlash postlari;

  • agregat va detallarni ta’mirlovchi ustaxonalar.

Agregat va bо‘laklarni ta’mirlovchi ustaxonalarning soni avtoservis korxonasining katta kichikligiga bog‘liq bо‘ladi.
Maqsadga muvofiq (ratsional) texnologik jarayon esa quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-sodda va qulay bо‘lishi;
-hammabop va universalligi;
-ishlarni yakunlashga imkon berishi;
-xavfsizligi;
-mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarini keng qо‘llashga imkon berishidir.





Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin