Yo’lovchi tashish vokzallari va stansiyalarining vazifalari, turlari texnologik hisobi va rejalashtirishga qo`yiladigan talablar Reja



Yüklə 94,48 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2023
ölçüsü94,48 Kb.
#100784
  1   2   3   4   5
8 Yo’lovchi tashish vokzallari va stansiyalarining vazifalari, turlari texnologik hisobi



Yo’lovchi tashish vokzallari va stansiyalarining vazifalari, turlari texnologik hisobi va rejalashtirishga qo`yiladigan talablar
Reja:

  1. Yo’lovchilar uchun binolar majmui rejalashtirilishi.

  2. Yordamchi xonalar.

  3. Avtovokzalda texnologik jarayonning amalga oshirilishi.

Yo’lovchi stansiyasi yo’lovchi uchun bino va unga yondosh chiqish postlari o’rnatilgan usti yopiq perrondan iborat bo’ladi.


Yo’lovchilar vokzali 3 qismdan iborat bo’ladi:
- yo’lovchilar uchun binolar majmui;
- chiqish, tushish postlari bo’lgan usti yopiq perron joylashgan xudud;
- SHahar transporti, taksi va shaxsiy avtomobillar to’xtaydigan vokzal oldi maydoni.
Vokzal majmui shahar transporti va yo’lovchilar xarakatidan tamoman uzib qo’yiladi.
Yo’lovchilar uchun binolar majmui rejalashtirilayotganda: yo’lovchilar kutish zali, kassalar, pochta-telegraf, so’rovnoma, maishiy binolar, buyumlarni saqlash ombori va boshqa zarur xonalar birinchi qavatda o’rnashtirilib, perron va vokzal oldi maydoniga to’g’ridan-to’g’ri tutashtirish lozim.
Xizmat xonalari dispetcherlik va idora to’g’ridan-to’g’ri perronga tutashishi lozim.
Yordamchi xonalar: Ona va bolalar xonasi, vrach qabulxonasi, haydovchilar dam olish xonasi va boshqa yordamchi xonalar 2-qavatda joylashishi mumkin.
Ichki hududning bir chekkasida avtobuslarga qisqa muddatli xizmat ko’rsatish qurilmalari yuvish maydonchasi, ko’rish xandagi va boshqalar o’rnashishi mumkin.
Kutish perronlari ma’lum bir yo’nalishdagi avtobuslarning yo’lovchi olishi yoki yo’lovchi tushirishi uchun xizmat qiladi. Perronlar old qismida yo’lovchilar uchun o’rindiq, hamda perron navbatchisi xonasi bo’lishi lozim.
Qo’shimcha xizmat ko’rsatish xonalari:
-
Oshxona;
-perron navbatchisi xonasi.
Avtovokzalda texnologik jarayon quyidagi tarzda amalga oshadi:
a) Yo’lovchi shahar transporti yoki shahar taksilaridan kelib avtovokzalga tushadi.
b) Yo’lovchi avtovokzaliga kelgandan so’ng ma’lumot byurosidan o’ziga kerakli ma’lumot oladi.
v) Yo’lovchi kassadan o’zi ketadigan yo’nalishda chipta xarid qiladi.
g) yo’lovchi kutish joyida avtobus kelishini poylaydi.
d) yo’lovchi kutayatgan avtobus kelgandan so’ng unga chiqib xarakatni davom ettiradi.

  1. Yo’lovchi tashish vokzalining texnologik hisobi:

Texnologik xisob uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar berilishi kerak:
1)Ai=1500
2)a=22%
3)Aj=9
4)Aol=6
5)At=3
- Kunlik jo’natiladigan yo’lovchi soni - Ai
- Kunlik jo’natiladigan yo’lovchi sig’imi % - a
- Jo’natiladigan avtobus juftligi soni - Aj
- Yo’lovchi olish postlari soni - Aol
- Yo’lovchi postlari soni - At
Avtovokzal binosi sig’imi quyidagicha aniqlanadi:
W=Ai*a
Bu erda; W- bino sig’imi; Ai- kunlik jo’natiladigan yo’lovchi soni; a-kunlik jo’natiladigan yo’lovchi sig’imi.
Bizga berilgan dastlabki ma’lumotlarga asosan bino sig’imini aniqlab olamiz:
W=1500*22%=1500*0.22=330
Bino sig’imi aniqlangandan so’ng qilinadigan ish binoning maydonini aniqlashdan iborat, yani shu hisobga to’g’ri keluvchi maydonni aniqlashdan iborat.
a) yo’lovchilar sonini aniqlash formulasi;
N=W*F;
b) hamma yo’lovchi uchun zarur bo’lgan maydon formulasi;
SH=N*S1
s) hamma xodimlar uchun zarur bo’lgan maydon formulasi;
Sx=‘*SX1
e) jami maydonni hisoblash formulasi;
SJ= SH+ Sx+SP

Bu formulalardan har bir qator uchun alohida foydalangan holda hisoblanib, har bir qatorda kelib chiqqan natijani biri-biriga qo’shib binoning jami maydoni aniqlanadi, formulalardan foydalangan holda hisoblangan natijani va to’plangan ma’lumotlarni jadvalga kiritamiz va to’ldirilgan jadval bizning avtovokzal uchun texnologik hisobning nixoyasi bo’ladi.





Yüklə 94,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin