Bajardi:____________guruh Talabasi ______________________________ Qabul qildi: _________________________ Olmaliq 2023 MAVZU: NASOSXONA, SUV SO’RILISH QUDUG’I VA SUV TO’PLAGICH Reja:
KIRISH.
ASOSIY QISM
1. Suv chiqarish qurilmalari nasosxonalarda joylanishi
2. Suv chiqarish qudug’i haqida umumiy ma’lumot.
3. Suv to’plagichlar
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Karyer suv chiqarish qurilma. U ochiq konlardagi kon suvini yer sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi.
Konlarda o‘rnatiladigan suv chiqarish qurilma soni kon joylashgan xudud relefi, kon maydonining suvchanligi va foydali qazilmani qazib olish texnologiyasiga bog‘lik .
Masalan tog‘ bag‘rida joylashgan va shtolnya bilan ochilgan konlarda suv chiqarish qurilma o‘rnatilishi shart emas. Chunki kon suvi shtolnya orkali oqib chikishi mumkin. Boshka xolarda albatta suv chiqarish qurilma o‘rnatiladi.
Markazlashtirilgan, asosiy, bo‘lim va karyer suv chiqarish qurilmalar nasosxonada joylashtiriladi. Shuning uchun ularni turg‘un, ya’ni o‘rnatish joyi o‘zgarmas, suv chiqarish qurilma deb tushuniladi.
Stvol va kiya lahimlarni kovlab o‘tish jarayonida kon suvi to‘planadigan joy chuqurlashib boradi. Lahimlardan kon suvni chiqarib tashlash uchun qurilma joyini ham o‘zgartirish zarur bo‘ladi.
Turg‘un suv chiqarish qurilmaning shaxtada joylashish sxemas i
Barcha laximlardagi kon suvi lahim uzunligi bo‘yicha kovlangan maxsus ariqchalar bo‘ylab ochib kelib suv to‘plagich 2-ga quyiladi. Suv to‘plagich 2 quvir orqali suv so‘rilish qudug‘i 3- bilan bog‘langan. Nasos agregatlari 9 nasosxona 1-da o‘rnatilgan.
Suv so‘rilish quvirining (rasmda ko‘rsatilmagan) bir tomoni nasosning suv so‘rilish tomoniga o‘lanadi. Ikkinchi tomoni esa so‘rilish qudigi 3-ga tushurilgan xolatda bo‘ladi.
Suv haydalish quvuri 10 bir necha o‘zaro ulangan quvur bo‘laklaridan iborat. Ular nasosxona 1, quvur bo‘lagi 4, shaxta stvoli 5 va er yuzida o‘rnatiladi. Suv chiqarish qurilma ishga tushurilganda kon suvi so‘rilish qudig‘idan suv so‘rilish quviri orkali nasosga so‘riladi. Nasosda uning zo‘rikmasi ortadi. Yuqori zo‘rikma bilan nasosdan chiqadigan kon suvi suv xaydalish quviri 10 bo‘ylab oqib er sathidagi suv tindirgichga 6 kelib quyiladi.
Tik stvollarni kavlab o‘tish jarayonida kavlangan bo‘shlikga sizib chiqadigan er osti suvlarini er satxiga chiqarib tas’halash uchun maxsus osma nasos qurilmalari qo‘laniladi.
Shaxta stvolida o‘rnatiladigan suv quvur soni nasos agregatlarining soniga bog‘liq. Nasos agregatlarining soni o‘z navbatida suv oqimining hajmi va nasosning texnikaviy ko‘rsatkichlari asosida topiladi. Masalan suv oqimining hajmi 50 m3 /soatdan yuqori va bu suvni bitta ish nasos bilan er sathida chiqarib tashlash mumkin bo‘lgan hollarda nasosxonada uchta bir xil nasos agregati o‘rnatiladi. Ulardan biri ishchi, ikkinchisi zahira va uchinchisi ta’mirlashdagi nasos bo‘ladi.
Xavfsizlik va texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga [22] ko‘ra bitta suv quvurga ikkitagacha nasos ulash mumkin. Bu qoidaga binoan nasos agregatlarining soni uchta bo‘lganda suv quvurining soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan biri ishchi va ikkinchisi esa zahira quvurlar hisoblanadi.
Nasos agregatlari bilan suv quvurlarni ulanish sxemasi
Suv so‘rilish quvurlari 4 nasos agregatlariga (№1, №2, №3) ulangan. Ularning ikkinchi tomoni suv so‘rish qudug‘iga 10 tushirilgan.
Suv so‘rilish quvurlarini nasosxonada joylashgan tayanch ko‘tarib turadi. Suv haydalish quvurlari 5 nasosxona yon devoriga mustahkamlangan kronshteynlarga o‘rnatiladi. Ularning har biriga teskari qopqoq 6 ulangan bo‘ladi.
Suv haydalish quvurlari quvur kollektori 3 bilan berkitgichlar 7 orqali ulanadi. Quvur kollektori o‘z navbatida ishchi 1 va zahira 2 quvurlar bilan ulangan.
Qurilmaning bu ko‘rinishdagi gidravlik sxemasi hohlagan nasos agregatlari va suv haydalish quvurlar orqali kon suvlarini er sathiga chiqarib tashlash imkoniyatini beradi. Ishlab turgan nasos agregatini zahiradagi suv haydalish quvur bilan ulash yoki zahiradagi nasos agrenatini ishga tushirish bekitgichlarning ayrimlarini ochish va qolganlanini yopish bilan bajariladi.
Suv quvurlarini ta’mirlashda uning ichidagi suvni suv to‘plagichga tushurib yuborish zarur bo‘ladi. Buning uchun ta’mirlanadigan suv quvur tomonidagi bekitgich 9 ochiladi. Quvurlardagi suv quvur 8 orqali suv so‘rish qudug‘iga oqib o‘tadi.
Nasosxonadan quvur yo‘lagiga ikkita (ishchi va zahira) quvurlar chiqadi. Ular quvur yo‘lagining pastki qismida o‘rnatiladi. Quvurlarni tayanch stuli 1 va 8÷10 metr oraliqdagi masofada qo‘yiladigan yog‘och taxlamalar 2 ko‘tarib turadi. Qiya lahimlarda o‘rnatiladigan quvurlar siljishga qarshi vosita 3 bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Bu vosita xalqa va xomutdan iborat. Xalqa quvurga, uning aylana uzunligi bo‘yicha jipslashgan holatigacha boltlar bilan tortiladi. Xalqaning yuqori qismiga xomut o‘rnatilgan. U 6-10 metr oraliqda lahim mustahkamlagichga mustahkamlanadi.
Suv chiqarish ishini avtomatik ravishda boshqarish uchun barcha nazorat qilish datchik va relelari mujassamlashgan avtomatlashtirish vositalari qo‘llaniladi.