” kafedrasi ‘’ ’’fanidan


Avtomatlashtirish vositasi –UAV



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/2
tarix11.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#96325
1   2
turgun mashinalar (2)[1] Nizom aka 1234

Avtomatlashtirish vositasi –UAV

(Unifitsirivannaya apparatura avtomatizatsii) nasosxonada o‘rnatiladigan nasoslar soni 16 tagacha bo‘lgan, ular past (380V) yoki yuqori (6000V) kuchlanishli qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr yuritgichlar bilan jihozlangan bosh suv chiqarish qurilma ishini avtomatik ravishda boshqarish uchun qullaniladi.


Portlashdan himoyalangan avtomatlashtirish vositasi VAV (Vzrivobezopasnaya apparatura avtomatizatsii) esa nasosxonada o‘rnatiladigan nasoslar soni 10-gacha bo‘lgan,ular past (380V) yoki yuqori (6000V)kuchlanishli asinxron elektr yuritgichlar bilan jihozlangan bosh suv chiqarish qurilma ishini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
VAV –rusumli avtomatlashtirish vositasi portlovchi gazlar ajralib chiqadigan va ko‘mir changlari mavjud bo‘lgan konlarda ishlatiladi. Avtomatlashtirish vositasi –KAV (Unifitsirovanny komplekt avtomatizatsii) normal RN va portlashdan himoyalangan RV ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Ulardan birinchisi nasosxonada o‘rnatiladigan nasoslar soni 1,6 gacha, ikkinchisi esa 10 gacha bo‘lgan va asinxron elektr yuritgichlar bilan jihozlangan suv chiqarish qurilmalar ishini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Bu avtomatlashtirish vositasi suv chiqarish ishini tashkil qilishda ishtirok etadigan barcha qurilmalar ishi programmalashtirilgan algoritmlar yordamida avtomatik ravishda boshqariladi.
Avtomatlashtirish turlaridan qat’iy nazar suv chiqarish ishini avtomatlashtirish suv to‘plagichdagi suv sathini o‘zgarishiga qarab amalga oshiriladi. Buning uchun suv to‘plagich 4-ta sathga ajratiladi:
- birinchi eng pastki sath;
- ikkinchi normal sath;
- uchinchi yuqori sath;
- to‘rtinchi eng yuqori sath.
Har bir sathga suv sathini ko‘rsatuvchi datchik tushiriladi va u orqali suv sathi nazorat qilinadi.
Suv to‘plagichdagi suvning sathi normal sathga ko‘tarilgan datchik orqali ma’lumot boshqaruv tizimiga uzatiladi va ishchi nasos ishga tushiriladi. Agar nasosning unumdorligi suv oqimining hajmidan katta bo‘lsa suv sathi pastga qarab o‘zgarib boradi. U eng pastki sathga etganda datchik orqali yana ma’lumot boshqaruv tizimiga uzatiladi.
Shaxta stvolida o’rnatiladigan suv quvur soni nasos agregatlarining soniga bog’liq. Nasos agregatlarining soni o’z navbatida ham suvi oqimining hajmi va nasosning texnikaviy ko’rsatkichlari asosida topiladi. Masalan suv oqimining hajmi 50 m3 /soatdan yuqori va bu suvni bita ishchi nasos bilan yer sathida chiqarib tashlash mumkin bo’lgan hollarda nasosxonada uchta bir xil nasos agregati o’rnatiladi. Ulradan biri ishchi, ikkinchisi zahira va uchinchisi ta’mirlashdagi nasos bo’ladi.
Xavfsizlik va texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga ko’ra bitta suv quvurga ikkitagacha nasos ulash mumkin. Bu qoidaga binoan nasos agregatlarining soni uchta bo’lganda suv quvurining soni ikkitadan kam bo’lmasligi kerak. Ulardan biri ishchi va ikkinchisi esa zahira quvurlar hisoblanadi.
Nasos agregatlari bilan suv quvurlarni ulanish sxemasi.

Suv so’rilish quvurlari 4 nasos agregatlariga (№1, №2, №3) ulangan. Ularning ikkinchi tomoni suv so’rish qudug’iga 10 tushirilgan. Suv so’rilish quvurlarini nasosxonada joylashgan tayanch ko’tarib turadi.
Suv haydalish quvurlari 5 nasosxona yon devoriga mustahkamlangan kronshteynlarga o’rnatiladi. Ularning har biriga teskari qapqoq 6 ulangan bo’ladi.
Suv haydalish quvurlari quvur kollektori 3 bilan berkitgichlar 7 orqali ulanadi. Quvur kollektori o’z navbatida ishchi1 va zahira 2 quvurlar bilan ulangan.
Nasos agregatlarini (№1, №2, №3) quvur kollektori 3 orqali ishchi 1 va zahira 2 quvurlar bilan sxemasi (4.3-rasm) bekitkichlar 7 yordamida har bir nasosni bir quvurdan ikkinchisiga qayta ulash va ularni bitta quvurga birgalikda ishlash imkonini beradi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun berkitkichlarning ayrimlarini yechish, qilganlarini esa yopish kerak bo’ladi
Suv quvurlarini ta’mirlash uning ichidagi suvni suv to’plagichga tushurib yuborish zarur bo’ladi. Buning uchun ta’mirlanadigan suv quvur tomonidagi bekitkich 9 ochiladi. Quvurlardagi suv quvur 8 orqali suv so’rish qudug’iga oqib o’tadi. Nasosxonadan quvur yo’lagiga ikkita (ishchi va zahira) quvurlar chiqadi. Ular quvur yo’lagining pastki qismida o’rnatiladi. Quvurlarni tayanch stuli 1 va 8÷10 metr oraliqdagi masofada qo’yiladigan yog’och taxlamalar 2 ko’tarib turadi. Qiya lahimlarda o’rnatiladigan quvurlar siljishga qarshi vosita 3 bilan jihozlangan bo’lishi shart.
Barcha laximlardagi kon suvi lahim uzunligi bo‘yicha kovlangan maxsus ariqchalar bo‘ylab ochib kelib suv to‘plagich 2-ga quyiladi. Suv to‘plagich 2 quvir orqali suv so‘rilish qudug‘i 3- bilan bog‘langan. Nasos agregatlari 9 nasosxona 1-da o‘rnatilgan. Suv so‘rilish quvirining (rasmda ko‘rsatilmagan) bir tomoni nasosning suv so‘rilish tomoniga o‘lanadi. Ikkinchi tomoni esa so‘rilish qudigi 3-ga tushurilgan xolatda bo‘ladi. Suv haydalish quvuri 10 bir necha o‘zaro ulangan quvur bo‘laklaridan iborat. Ular nasosxona 1, quvur bo‘lagi 4, shaxta stvoli 5 va er yuzida o‘rnatiladi. Suv chiqarish qurilma ishga tushurilganda kon suvi so‘rilish qudig‘idan suv so‘rilish quviri orkali nasosga so‘riladi. Nasosda uning zo‘rikmasi ortadi. Yuqori zo‘rikma bilan nasosdan chiqadigan kon suvi suv xaydalish quviri 10 bo‘ylab oqib er sathidagi suv tindirgichga 6 kelib quyiladi. Tik stvollarni kavlab o‘tish jarayonida kavlangan bo‘shlikga sizib chiqadigan er osti suvlarini er satxiga chiqarib tas’halash uchun maxsus osma nasos qurilmalari qo‘laniladi. Osma nasosning qurilmaning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Qurilma nasos 1, elektryuritgich 2, umumiy rama 3, berkitgich (zadvijka) 4, teskari qopkok 5, suv xaydalish quviri 6, nasosni suv bilan to‘ldirish moslamasi 7, egiluvchi suv so‘rilish quviri 8 kabi uskunalardan tashkil topgan. Elektr yuritgich umumiy normada o‘rnatiladi. Nasosning suv so‘rilish tomoniga eguluvchan suv so‘rilish quviri va suv xaydash quviri o‘langan. Tik lahimni kovlab o‘tish jarayonida suv yig‘iladigan joy ya’ni kovlash joyi chuqurligi ortib boradi. Qurilma tik laximlarda po‘lat arqon bilan osib ko‘yilgan xolatda ishlatiladi. Po‘lat arqonning ikkinchi uchi chig‘ir (lebedka)ga ulanadi.

Suv chiqarish qurilmani konda o‘rnatish joyi va bajaradigan vazifalarga ko‘ra markazlashtirilgan, asosiy, bo‘lim, yordamchi, lahm o‘tish, qudukli va karyer suv chiqarish qurilmalariga bo‘linadi. Markazlashtirilgan suv chikarish kurilma xozirgi kunda yangi qurilma xisoblanadi. U uzaro yaqin joylashgan bir necha shaxtalar uchun o‘rnatiladi. Bunday xollarda barcha shaxtalardagi kon suvi bir joyda ya’ni markazlashtirilgan suv chikarish qurilma suv tuplagichida yig‘iladi. U yerdan kon suvi nasos yordamida er satxiga chiqarib tashlanadi. Asosiy suv chiqarish qurilma. U shaxta stvollardan birining stvol atrofi qo‘rasida o‘rnatiladi. Konning barcha laximlardagi kon suvlari asosiy suv chiqarish qurilma suv tuplagichida yig‘iladi va u erdan bevosita yyer sathiga chiqarib tashlanadi. Bo‘lim suv chiqarish qurilma. U pastki qavatlardagi kon suvini asosiy suv chiqarish qurilmaning suv to‘plagichiga yoki bevosita er sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Yordamchi suv chiqarish qurilma stvol atrofi qo‘rasidan pasda kovlab o‘tiladigan lahimlarda va shaxta stvoli zumfida (stvolning stvol atrofi qo‘rasidan pastki qismi) yig‘iladigan kon suvini asosiy suv chiqarish qurilma suv to‘plagichiga chiqarib berish vazifasini bajaradi. Laxm o‘tish suv chiqarish qurilma kon laximlarini kovlab o‘tish jarayonida lahimlarda to‘planadigan kon suvini bevosita er sathiga (shaxta stvolini kovlab o‘tishda) yoki asosiy suv chiqarish qurilma suv to‘plagichiga chiqarib tashlash uchun xizmat qiladi. Qudukli suv chiqarish qurilma. U shaxta yoki karyerlarni ochish ishlarini boshlashdan oldin kon maydonini suvsizlashtirish uchun qo‘laniladi. Buning uchun kon maydoni chegarsida suvli qatlamgacha diametri 250  600 mm. bo‘lgan bir necha skvajinalar burg‘ilab o‘tiladi. Yer osti suvlar skvajinalarga sizib chiqadi va u erda yig‘iladi. Skvajinalarda yig‘ilgan er osti suvlar qudukli suv chiqarish qurilma bilan bevosita er sathiga chiqarib tashlanadi. Karyer suv chiqarish qurilma. U ochik konlardagi kon suvini er sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Konlarda o‘rnatiladigan suv chiqarish qurilma soni kon joylashgan xudud relefi, kon maydonining suvchanligi va foydali qazilmani qazib olish texnologiyasiga bog‘lik

XULOSA:
Barcha laximlardagi kon suvi lahim uzunligi bo‘yicha kovlangan maxsus ariqchalar bo‘ylab ochib kelib suv to‘plagich 2-ga quyiladi. Suv to‘plagich 2 quvir orqali suv so‘rilish qudug‘i 3- bilan bog‘langan. Nasos agregatlari 9 nasosxona 1-da o‘rnatilgan. Suv so‘rilish quvirining (rasmda ko‘rsatilmagan) bir tomoni nasosning suv so‘rilish tomoniga o‘lanadi. Ikkinchi tomoni esa so‘rilish qudigi 3-ga tushurilgan xolatda bo‘ladi. Suv haydalish quvuri 10 bir necha o‘zaro ulangan quvur bo‘laklaridan iborat. Ular nasosxona 1, quvur bo‘lagi 4, shaxta stvoli 5 va er yuzida o‘rnatiladi. Suv chiqarish qurilma ishga tushurilganda kon suvi so‘rilish qudig‘idan suv so‘rilish quviri orkali nasosga so‘riladi. Nasosda uning zo‘rikmasi ortadi. Yuqori zo‘rikma bilan nasosdan chiqadigan kon suvi suv xaydalish quviri 10 bo‘ylab oqib er sathidagi suv tindirgichga 6 kelib quyiladi. Tik stvollarni kavlab o‘tish jarayonida kavlangan bo‘shlikga sizib chiqadigan er osti suvlarini er satxiga chiqarib tas’halash uchun maxsus osma nasos qurilmalari qo‘laniladi. Osma nasosning qurilmaning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Qurilma nasos 1, elektryuritgich 2, umumiy rama 3, berkitgich (zadvijka) 4, teskari qopkok 5, suv xaydalish quviri 6, nasosni suv bilan to‘ldirish moslamasi 7, egiluvchi suv so‘rilish quviri 8 kabi uskunalardan tashkil topgan. Elektr yuritgich umumiy normada o‘rnatiladi. Nasosning suv so‘rilish tomoniga eguluvchan suv so‘rilish quviri va suv xaydash quviri o‘langan.
Foydalanilgan Internet saytlari:

  1. www.google.com

  2. www.arxiv.uz.com



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin