O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
«IJTIMOIY FANLAR» KAFEDRASI
«PSIXOLOGIYA»
(faoliyat turlari bo‘yicha)
FANIDAN TALABALAR
MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH, NAZORAT
QILISH VA BAHOLASH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
TOSHKENT - 2022
“TAVSIYA ETILGAN”
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi majlisida
muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri _____________ J.S.Ramatov
(Kafedra majlisining ____- sonli bayonnomasi
“_____” _____________ 2022 yil)
Taqrizchilar:
1. Abdullaeva R.M. – Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy psixlogiya” kafedrasi dotsenti, ps.f.n.
2. Otajonova O.A – Milliy rassomchilik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti, ps.f.n.
Tuzuvchi:
CHo‘lponova X.T.
«Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)» fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha uslubiy qo‘rsatma. – T.: TDTrU, 2022.
KIRISH
Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo‘yicha yo‘riqnoma, 2009 yil 7 avgustdagi 276–sonli buyrug‘i bilan amalga kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 iyul bilan tasdiqlangan «Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)» fani bo‘yicha fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
«Psixologiya (faoliyat turi bo‘yicha)» fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma bakalavriat bosqichi barcha mutaxassislik 3-kurs talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ishning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv faoliyatining bu qismi talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestrlar bo‘yicha belgilangan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bakalavriat bosqichi talabalari uchun «Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)»fani bo‘yicha mustaqil ishlarning umumiy hajmi o‘quv rejada ko‘rsatilgan miqdorida belgilangan.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |