1.1-rasm
154
1.2-rasm
155
KLEYSTOGAM-1 NAVI: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy
xodimi Tilov Muhiddinov g’o’zada noan'anaviy usullarga asoslangan kleystogam (yopiq) gulli Kleystogam-1 navini yaratdi. Bu
yangi nav jahon paxtachiligi amaliyotida birinchi bor qo’llanilayotgan yopiq-kleystogam gulligomozigot (95-98%) holatiga ega
bo’lgan nav hisoblanadi. Tezpisharligi, serhosil va turli kasalliklarga chidamliligi hamda bargining tabiiy to’kilishi bilan alohida
ahamiyatga ega, shuningdek, tabiiy chilpishlanishi uni defolyatsiyaga bo’lgan ehtiyojini bartaraf qilishi bilan ajralib turadi.
Bu nav xazmogam gulga nisbatan o’zining mo’'tadil yopiq guldagi namlikni o’zida saqlash xususiyati tufayli changchilarda
changlanish, otalanish hamda ularning hayotchanlik xususiyati ratsional foydalanish yo’li bilan ijobiy sodir bo’ladi. Bu esa fanda
yangi elementlarning shakllanishiga olib keladi va seleksion-genetik omillar tufayli embriogenetik holat ijobiy tarzda o’zgaradi.
Demak, tabiiy holatda irsiyat va o’zgaruvchanlik tufayli urug’chilik va urug’shunoslikda superelita, elita, R1, R2 va boshqalarni
tayyorlash ishlari mutloq barqarorlashadi va osonlashadi.
Ushbu navning tola chiqimi 31-33 foiz, tola uzunligi 41,5-42,5 mm, tolasi oq, tolasi 1 «A» sanoat tipiga ega bo’lib, mikroneyri
4,0-4,1, jahon paxtachiligida birinchi bor qo’llanilayotgan Respublikamiz va jahonda o’xshashi yo’q. Bu nav ekib ko’rilganda
Surxondaryo sharoitida 98-105 kun, Qashqadaryo sharoitida 105-110 kun, Toshkent sharoitida 113-115 kunda to’liq pishib
yetildi. Uning hosildorligi gektaridan 36-38 s/ga‘ni tashkil etdi.
Mazkur navning superelita urug’ini toza tizim va nav sifatida to’g’ridan-to’g’ri ko’paytirishga qo’llash imkoniyati mavjud. Elita
xo’jaliklarda esa ko’paytirish bilan bir qatorda belgilangan seleksion qonun-qoidalar asosida ushbu holat bilan bog’liq bo’lgan
og’ir mehnatni bartaraf qilish mumkin. Bu esa seleksiya va urug’chilik ishlarida mutloq yangi yo’nalishni olib kirishga sabab
bo’ladi. Natijada superelita urug’ini ko’paytirishning yangi va tezkor usuli hisobida elita urug’chiligida ishlar qisqarib uning
iqtisodiy samaradorligi va rentabellik darajasi bir necha bor keskin darajada ortadi.
Shu bilan birlikda uning texnologik sifat ko’rsatkichlari jahon standartlari talabiga mos bo’lib, standart nav hisoblangan 9871-
I‘dan keskin farqlanadi. Paxtachiligimiz amaliyoti tarixida birinchi bor yaratilgan, yangi istiqbolli deb topilgan.
2.1-rasm. Kleystogam-1 navi
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
O‘zbekistonda qaysi olimlar g‘o‘za gentikasiga va seksiyasiga o‘z xissasini qo‘shgan?
156
2.
O‘zbekistonda go‘zaning qanday navlari ekiladi?
3.
O‘zbekistonda g‘o‘za genetikasi va seleksiyasiga doir qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Dostları ilə paylaş: |