1- amaliy mashg'ulot. Mavzu: Gulxaniy va uning " Zarbulmasal " asari. «Zarbulmasal»


«Zarbulmasal»da xonlik tuzumlaridagi ahvolga munosabat



Yüklə 22,48 Kb.
səhifə2/6
tarix16.05.2023
ölçüsü22,48 Kb.
#114255
1   2   3   4   5   6
1- amaliy mashg\'ulot. Mavzu Gulxaniy va uning Zarbulmasal a

3.«Zarbulmasal»da xonlik tuzumlaridagi ahvolga munosabat
qanday ifodalangan?
Javob.“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir. O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ifoda etgan axloqiypandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot muammolari , turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida o`z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon xonliklari o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go`yoki vayronalarga boy muzofot singari tasvirlansada, Qo`qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush, Ko`rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu turg`onlaring navola do`stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir, maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko`rqush tilidan nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan, podshohi odilg`a uch toifadin guzir yo`qdur: avval, podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra`ykim, podshohning dunyolik yarog`ini tarabdudida bo`lsa. Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan bo`lsa”.
Gulxaniy o`z zamonasida sodir bo`layotgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yo`li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyo`g`lining bir-biriga quda bo`lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to`y bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Ko`rqush, Hudhud, Kulonkir sulton, Sho`ranul, Malik Shohin va Kordonlarning birbirlariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g`oyaviy mazmunini ochadi. Yapaloqqush va Boyo`g`lilar yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochko`z va qonxo`r bo`ri, aldamchi va shayton tulkilarga o`xshaydi. Bularning o`y-fikrlari, , shahar va qishloqlarning vayron bo`lishi uchun bayramdir. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining quda-anda bo`lishi, Yapaloqqushning o`g`li Kulonkirga Boyo`g`lining qizi Gunashbonuning olib berilishi sarguzashtlari majoziy, o`tkir hajviya tarzida tasvirlanadi. Gulxaniy qushlarning o`zaro murakkab munosabatlari asosida o`z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratadi. Asarning “Zarbulmasal” deya nomlanishiga sabab, unda yozuvchi xalq tilidagi maqol va masallarni tasvirlayotgan hayotiy voqealarga mutanosib ravishda zarblash usulida ish tutgan. “Zarbulmasal” mundarijasiga “Toshbaqa bilan Chayon”, “Tuya bilan bo`taloq”, “Maymun bilan najjor” kabi masal va 400 dan ortiq maqol, talay xalqona iboralar voqealar izchilligiga singdirib yuborilgan. “Zarbulmasal” badiiy asar bo`lishi bilan birga, mumtoz nutqiy xazina hamdir. Undagi «tesha tegmagan» iboralar va mazmundor maqollardan bugungi adabiy tilimizni boyitishda ham foydalanish mumkin.


Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin