MAQSAD: Badiiy asarda shakl va mazmun nazariy mavzusi yuzasidan bilimlarini sinash va mustahkamlash
MASHG`ULOT REJASI: 1. Badiiy asarda shakl
2. Badiiy asarda mazmun
3. Badiiy asarda shakl va mazmun birligi
1-TOPSHIRIQ. “Yalpi fikriy hujum” texnologiyasi
Savol va topshiriqlar: 1.Badiiy adabiyotga tegishli bahs-munozaralar haqida gapiring.
2.“Adabiy asarning joni — uning mazmuni, lekin bu jonning jon bo‘lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas”. Ushbu fikrning mualifini toping va sharhlang.
3. “Mavzu — badiiy asar bilan hayotni bir-biriga bog‘lovchi vosita” . Ushbu fikrni izohlang.
4. Badiiy ijodda milliylik, xalqchillik va umuminsoniylik tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
5. Adabiyotning ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy mohiyatini tushuntiring.
6. Milliy istiqlolning badiiy ijodga ta’siri nimalarda ko‘rinadi?
7. Badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyatini yoriting.
8. Badiiy adabiyotni – san’at hodisasi sifatida talqin qiling.
9. Shakl va mazmun birligi haqida fikr bildiring. Fikringizni badiiy asar tahlili bilan asoslang
10. Nazmda dam asl anga ma’ni durur,
Bulsun aning surati darne durur.
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Adli maoniy qoshida xub emas.
Nazmki dam surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni doga dilkash anga.
11. Nimа uchun «bаdiiy аsаr bаdiiy аdаbiyot vа sаn’аtning yashаsh shаkli shаkli» dеyilаdi?