1 – Amaliy mashg‘ulot Raqamli signalni shakllantirish va raqamli E1oqim tamoyillarini o‘rganish. IshDan maqsad



Yüklə 202,8 Kb.
səhifə3/4
tarix05.08.2023
ölçüsü202,8 Kb.
#138714
1   2   3   4
MAT 1-Amaliy ish

2.3. Nazariy qism


IKM bilan uzatishni tashkil etish tamoyillari.
Birlamchi raqamli kanaldagi signallarni tuzilmasi (E-1 oqimi)

Dastlab impuls – kodli modulyatsiyali (IKM) uzatish tizilmalarining, rivojlanishi mahalliy va ichki mintaqaviy tarmoqlarda keng tarqalgan quyi chastotali kabellar juftlarini zichlashtirish zarurligi tufayli kelib chiqqan edi. Bu tarmoqlarning an’anaviy usullar bilan keyingi rivojlanishi telefon kanallarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish g‘oyatta qiyin edi. Ishlatilayotgan kabel tarmog‘ining juftlarini zichlashtirish. Yagona samarali usuldir bo‘lib, biroq mavjud kabel liniyalarini tonal chastotalar diapozonida ishlatish ko‘zda tutilganligi uchun bu kabellardagi o‘zaro ta’sir qiluvchi parametrlari kanallarni chastotali taqsimlash (KChT) ko‘pkanalli tizimlarni tadbiq etish imkoniyatini bermadi.


Yarimo‘tkazgichlar texnikasi sohasidagi sezilarli taraqqiyot kanallarini vaqt bo‘yicha ajratish va impuls kodli modulyatsiyaga asoslangan uzatish tizimining apparaturasini yaratish haqiqiy va iqtisodiy asoslanishga olib keladi. Raqamli signallarning halakit - bardoshligi IKM li uzatish tizimlarini mavjud quyi chastotali kabellarni zichlashtirish imkonini berdi, bu esa ishlatilayotgan kabel tarmog‘ini ancha ko‘p stansiyalararo bog‘lovchi liniyalar oldi. IKMli uzatish tizimlarini tadbiq etish ulash liniyalarning kerakli sonini ta’minlash muammosini yomonligi sababli, ko‘pgina mamlakatlarda shu tizimni yaratish bo‘yicha jadal ishlar boshlandi. Mahalliy tarmoqlarni rivojlantirish masalalarini tez yechimini maqsad qilib olgan bu ishlar apparaturani bir necha turini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bularga quydagilar kiradi:
AQSh - IKM-24 uzatish tizimi (T1), uzatish tezligi 1544 Kbit/s;
Angliya - IKM-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1536 Kbit/s;
Fransiya – IKM-36 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1741 Kbit/s;
SSSR (Sobiq sho‘rolar ittifoqi) – IKM-12 uzatish tizimi, uzatish tezligi 704 Kbit/s;
Yaponiya – IKM-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1544 Kbit/s;
PXR – TSK-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1544 Kbit/s.
Bu uzatish tizimlari uzunligi uncha katta bo‘lmagan aloqa liniyalarida, asosan elektromexanik turidagi ATSlar o‘rtasida bog‘lovchi liniyalar tashkil etish uchun ishlatiladi. Telefoniya va telegraf bo‘yicha xalqaro maslaxat qo‘mitasida “IKM-24” tizimining parametrlarini qoida solish bo‘yicha olib borilgan ishlar davomida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari IKM-24 tizimidan ba’zi tomonlaridan ustun bo‘lgan tezligi 2048 Kbit/s bo‘lgan IKM-30/32 tizimini taklif etishdi. Natijada MKKTT da IKM li ikkita birlamchi tizim IKM-24 1544 Kbit/s tezlik bilan va IKM 30/32 2048 Kbit/s tezlik bilan qoidaga solindi.
Iqtisodiy o‘zaro yordam sho‘ro mamlakatlarida ham qabul qilingan IKM-30 tizimi, integral aloqa tarmoqlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. IKM-30 tizimining parametrlarini hisobga olgan xolda, elektron ATS lar loyihalangan, ular o‘rtasidagi raqamli signallar IKM - 30 tizimining liniyaviy traktlari bo‘yicha uzatiladi.
Bu birlamchi uzatish tizimi ikkilamchi raqamli tizimlarni yaratish uchun asos bo‘ladi. IKM - 24 va IKM - 30 tizimlar davrining tuzilishi orasidagi farq ularning o‘zaro ishlashlari uchun jiddiy to‘siq bo‘la olmaydi, diskretlash chastotasi 8 KGs ga teng bir xil va IKM - 24 Polsha yaratgan varianti bilan A=87,6/13 segmentlarga teng bir hil kompressiya qonuni bo‘lganligi tufayli, ular nutqli signallar uchun bir xil davr davomiyligiga ega.
2.1 - rasmda IKM li birlamchi uzatish tizimi apparaturasining tuzilmaviy chizmasi keltirilgan.
Unda ikkita asosiy qismni ajratish mumkin: chetki qurilma va liniyaviy trakt qurilmasi. Chetki uskunaning uzatuvchi qismining vazifasi bir qancha kiruvchi signallarni diskretlash, olingan diskretlarni vaqt bo‘yicha birlashtirish, so‘ngra ularni kvantlash va kodlashdir. Kodlovchi chiqishida olinadigan ikkilik IKM signallari, umuman olganda liniya bo‘yicha bevosita uzatish uchun noqulay bo‘lganligi sababli, ularni o‘zgarmas tashkil etuvchisi bo‘lmagan impuls qutblarini navbatma – navbat kelishi (IKM) kodli signalga o‘zgartirib uzatiladi.
IKM – 30 tizimida boshqa ko‘proq ishlatiladigan NDV–3 kodi sezilarli darajada (IKK) kodiga nisbatan regeneratorlarning ishlash sharoitini yengillashtiradi. Raqamli signalni uzatish jarayonida yuzaga keladigan so‘nishlar va buzilishlar liniyaviy regeneratorlar yordamida xar bir regeneratsiya uchastkasida bartaraf etiladi. Qabul qiluvchi chetki qurilma teskari o‘zgartirishlarni amalga oshiradi, ya’ni kodli kombinatsiyalar ketma–ketligidan diskretlar ketma–ketligini tiklaydi, ularni demodulyatsiyalaydi va mos TCh kanallar chiqishiga uzatadi.
IKM uzatish tizimlarining asosiy ustunligi uzatilayotgan raqamli signallarning halakitbardoshligi va apparaturaning past qiymatiga egaligi hisoblanadi. Shu tufayli ularni shahar ATS lari va AShTS lar o‘rtasidagi liniyalarga ya’ni kanallar sonini doimo kuchaytirib turishni talab qiladigan va TCh kanallar ishlatiladigan tarmoqlarda o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi.


ТЧ 30
канал


IKM uzatish tizimlarining asosiy ustunligi uzatilayotgan raqamli signallarning halakitbardoshligi va apparaturaning past qiymatiga egaligi hisoblanadi. Shu tufayli ularni shahar ATS lari va AShTS lar o‘rtasidagi liniyalarga ya’ni kanallar sonini doimo kuchaytirib turishni talab qiladigan va TCh kanallar ishlatiladigan tarmoqlarda o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. IKM uzatish tizimlariga bo‘lgan qiziqishning yana bir sababi IKM signallarini bevosita kommutatsiyalanish imkoniyatidir. Bu stansiyalararo bog‘lovchi liniyalarni zichlashtirishga ketadigan harajatlarni kamaytirish va amalda integral aloqa tarmog‘ini yaratish imkonini beradi. Ko‘rsatilgan ustunliklardan tashqari IKM li uzatish tizimlari yana bir qator ijobiy sifatlarga ega:


- raqamli liniyaviy traktda ketma–ket regeneratsiya uchastkalarida hosil buluvchi shovqinlarni qo‘shish yuz bermaydi, chunki uzatuvchi signal amplitudasi yarmidan kichik bo‘lgan qiymatli istalgan shovqin regeneratorning o‘zida yo‘q qilinadi;

  • raqamli signal halaqitlariga past sezgirligi o‘tish ta’siridan himoyalanish kattaligini bir necha o‘n desibel tartibda yo‘l qo‘yadi, bu esa o‘z navbatida simmetriyalashga zaruriyat bo‘lmagan holda past sifatli kabel juftlarini ishlatish imkonini beradi;

  • uzatilayotgan raqamli signal uzatish traktining so‘nishlari o‘zgarishini xis qiladi, shu sababli TCh kanallarning qoldiq so‘nishlarining katta barqarorligini olishi mumkin. Natijada IKM uzatish tizimida qoldiq so‘nish kattaligi kanalning barqarorligi ta’minlangan holda ikki ditsebel pasaytirish mumkin;

  • kanalning qoldiq so‘nish chastotali tavsifi uzatish liniyasining tavsiflariga bog‘liq emas;

  • IKM uzatish tizimlari amaliyotda amalga oshirish uchun katta aniqlik va elementlarning parametrlari barqarorligini talab qilmaydigan raqamli chizmalar ishlatilishi, integral mikrosxemalar ishlatilganda qurilmaning vazni va o‘lchamlari kichrayadi va bir yo‘la uning ishonchligi ortadi;

  • IKM uzatish tizimi bitta TCh kanaliga bir necha signal kanallari bilan jihozlanadi, shu tufayli ATS bilan ishlash uchun murakkab bo‘lmagani sababli arzon elektron moslashtiruvchi qurilmalardan (MK) foydalanish mumkin;

  • IKM uzatish tizimida ishlatiladigan signal, ma’lumotlar uzatishda ishlatiladigan signal tuzilmasiga o‘xshash bo‘lganligi uchun, ularga umumiy trakt ishlatish imkoni tug‘iladi.

IKM uzatish tizimlarida ishlatiladigan davrli sinxronlash usullari, davrli sinxronlashni saqlab turish va tiklash usuli bo‘yicha hamda davr ichida davr sinxrosignal timsollarini joylashtirish bo‘yicha farqlanadi. Davrli sinxronlashni ta’minlash usullaridan eng ko‘p quyidagilari ishlatiladi:

  • bir taktli siljitish usuli, bunda davrli sinxronlashdan xar bir chiqish aniqlangandan so‘ng qabul qiluvchi uskuna taktli generatorining fazasini bitta taktli oraliqqa siljitish amalga oshiriladi;

  • ko‘p taktli siljitish usuli, bunda taktli generator fazasini siljitish kattaligi bir necha taktli oraliqlarni tashkil etadi, bu degani, agar davrli sinxrosignalning pozitsiyasida sinxronizmdan chiqish aniqlansa davrli sinxrosignal topilgan qabul qiluvchi qurilma generatorini mos pozitsiyaga (fazaga) o‘rnatishga asoslangan usul. Bu usul kelayotgan impulslarning xar birini tekshirishdan iborat bo‘ladi. Tizim davrli sinxronizmdan chiqqanda davrli sinxrosignal topiladi va generatorda faza surilishi bajariladi.

O‘z navbatida davrli sinxrosignalning timsollarini joylashtirish usullaridan kelib chiqqan holda sinxronlash ikkita asosiy usulga farqlanadi:
- taqsimlangan timsollar usuli - bunda sinxrosignalning belgilari davr ichida teng oraliqlarga bittadan joylashtiriladi. Ilk adabiyotda u “tarqalgan sinxronlash” deb atalgan;
- “jamlangan belgilar” usuli - bunda davrli sinxrosignalning belgilari davrning bitta joyida joylashadi, masalan, birinchi kanalli oraliqda.
Davrli sinxronlash usulini tanlash yo‘l quyilgan tiklanishning o‘rtacha vaqti va iqtisodiy muvofiqlik bilan aniqlanadi. Davrli sinxronlash javob berishi kerak bo‘lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- nutqli signallarni yoki boshqaruv signallarini uzatishda buzilishlar vujudga kelmasligi uchun, davrli sinxronlashni tezda tiklash imkoniyati, bu talab ayniqsa IKM li uzatish tizimining kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishda muhimdir;
- davrli sinxronlashning yuqori barqarorligi, ya’ni sinxrosignaldagi liniya trakti kiritayotgan yakka tartibdagi xatolarga e’tibor bermasligi kerak va bir vaqtni o‘zida davrli sinxronizmda chiqishga yetarli darajada sezgir bo‘lishi kerak;
- soxta davrli sinxrosignal bilan olingan davrli sinxronizmga kirganligini aniqlash va qidirilayotgan sinxronizmni qidirib topish;
- ishning yuqori ishonchligi;
- davr sinxronlash tizimlariga yuqorida keltirilgan talablar ichida qarama–qarshiliklar mavjud va davr sinxronlash usulini tanlash ba’zi kelishuvni oldindan belgilab beradi, masalan, davr sinxronlashni tiklash vaqti, sinxrosignal davomiyligi va uskuna bahosi o‘rtasida;
- yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, raqamli uzatish tarmoq uskunasining eng muhim parametrlaridan biri - bu siklli sinxronizmning tiklanish vaqtidir. Bu vaqt davrli sinxronlash usulidan mustaqil ravishda uchta tashkil etuvchidan iborat:

Yüklə 202,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin