To’g’irovchi diodlar. O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi diodlar to’g’irlovchi diodlar deb ataladi. Ular o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi to’g’irlagichlarni aktiv elementi bo’lib xizmat qiladi.
To’g’irlovchi diodlar voltamper xarakteristikalarini xosil qiluvchi sxema quyidagidan iborat. (1.4-rasm)
Ishni bajarish tartibi 1. VAX xosil qilish sxemasi va undagi asboblar bilan tanishib, asosiy texnik ma'lumotlarni yozib oling.
2. Sxema yordamida otsilografda VAX xosil qiling va uni shaklini chizib oling.
3. Qutbli kalitni (K) 1 xolatida to’g’irlovchi diodni to’g’ri yo’nalishdan VAX (kremniy va germaniy) xarakteristikalarini xosil qiling va natijalarini jadvalga kiriting (3 – jadval).
4. Qutbli kalitni (K) 2 xolatida to’g’irlovchi teskari yo’nalishdagi VAX (kremniy va germaniy) diodlari uchun xosil qiling va natijalarini jadvalga kiriting (3 - jadval).
5. Diodlarni to’g’ri va teskari yo’nalishdagi qarshiliklarini ; ; va to’g’irlash koefitsentini xisoblab, natijalarini jadvalga kiriting.
6. Kremniy va germaniy diodlarini VAX grafigini xosil qiling.