1 – amaliy mashg‘ulot tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktlarini tuzish prinsiplari, optik kanallarni zichlashtirish usullari


Tolali optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari: vaqt bo‘yicha zichlashtirish, chastota bo‘yicha zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish



Yüklə 184,49 Kb.
səhifə3/4
tarix07.10.2022
ölçüsü184,49 Kb.
#64701
1   2   3   4
kfCN9UfbPf47Rm1JELnEGuvpMwe8ufwxPeqz6JTg

Tolali optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari: vaqt bo‘yicha zichlashtirish, chastota bo‘yicha zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish

TOA liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va to`lqin uzunligi bo‘yicha.


Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining tuzilish sxemasi 1.4-rasmda ko‘rsatilgan.



1.4-rasm. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimining liniya trakti.


A va B kirishdan tushayotgan elektrik signallarning ikki qism impulslari (N manba bo‘lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ) yordamida vaqt bo`yicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatgich OUz da optik tashuvchini modulyatsiyalaydi. Optik nurlanish OT bo‘ylab tarqaladi va optik qabul qilgich OQq da qaytadan elektr signaliga o‘zgartiriladi. So‘ng bu signal ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A1 va B1 chiqishlariga beriladigan impulslarga ajratiladi.


Optik va raqamli oqimlarni birlashtirish sxemasi 1.5–rasmda ko‘rsatilgan.
N manbadan elektrik raqamli oqimlar N optik uzatgich OUz ga tushadi. OUz da elektr signallar optik signallarga o‘zgartiriladi. Optik signallarni birlashtirishdan oldin ularni Δt;2Δt;3Δt;...( N -1) Δt ga kechikishi ro‘y beradi. Bunday kechikishdan keyin optik siljitgich (OS) chiqishida optik impulslar ketma-ketligiga ega bo‘lamiz. Qabul qilishda bunga teskari jarayon amalga oshiriladi.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirishda qisqa (10-9s va undan kichik) yorug‘lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli impulslarni uzatish TOAT uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining optoelektron qurilmalarining oxirgi imkoniyatiga yaqin bo‘lgan tezkorligiga juda yuqori talablar qo‘yadi. Bundan tashqari optik tolaning dispersiya xususiyatlari tufayli uzatish tezligi, o‘tkazish oralig‘i ham chegaralangan.

1.5-rasm. Optik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan


TOA tizimining liniya trakti.

Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffisientining ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.



Yüklə 184,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin