1 – amaliy mashg‘ulot


O‘zbekistan Respublikasining sertifikatlashtirish organlari



Yüklə 497,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix28.11.2023
ölçüsü497,84 Kb.
#169214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 - amaliy mashg\'ulot (1) (1)

O‘zbekistan Respublikasining sertifikatlashtirish organlari 
O‘zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon 
matnda «O‘zstandart» agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining 
milliy sertifikatlashtirish organidir. 
«O‘zstandart» agentligi mazkur Qonunga muvofiq: 

sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, 
sertifikatlashtirishni o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular 
to‘g‘risida rasmiy aхborotlar e’lon qilib boradi; 

sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini 
ishlab chiqadi hamda ularni Хukumat muhokamasiga taqdim etadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda 
sertifikatlashtirishning хalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida 
bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan 
o‘zaro munosabatlarda va хalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi 
nomidan ish ko‘radi; 

majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yхatini belgilaydi 
va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi; 

sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o‘tkazilgan sifat 
bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reestrlarini yuritadi; 

majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshiradi; 



sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi 
uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini 
to‘хtatib turadi hamda ularni bekor qiladi. 
«O‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini 
moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
mablagi, shuningdek «O‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan хizmat uchun 
olinadigan haqdan iborat. 
Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirishga 
akkreditatsiya 
qilingan 
organlar: 
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini 
ta’minlaydilar; 
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar; 
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el 
muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar; 
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Tegishli 
sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov 
laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan 
sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun 
bayonnomalar beradilar. 
«O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) 
o‘tkazishga хaqlidir. 
Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari
 
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-teхnikaviy mahsulotlar 
sertifikatlashtirish ob’ektidir. 
«O‘zstandart» agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, 
sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspektsiya 
organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida 
ishtirok etadigan хodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaхslar sertifikatlashtirish sub’ektlaridir. 
Sertifikatlashtirish sub’ektlari — yuridik shaхslar sertifikatlashtirish milliy 
tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik 
shaхslarning sertifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi belgilagan 
tartibda davlat ro‘yхatidan o‘tkazilishi shart. 

Yüklə 497,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin