1 – AMALIY MASHG‘ULOT.
“METROLOGIYA TOʻGʻRISIDA” GI, “STANDARTLASHTIRISH
TOʻGʻRISIDA” GI, “MAHSULOT VA XIZMATLARNI
SERTIFIKATLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZR QONUNI
O’RGANISH.
Reja:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunini haqida
ma’lumot. Asosiy tushunchalar.
2.
“Standartlashtirish toʻgʻrisida” gi qonun.
3.
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi OʻzR qonuni.
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni haqida
ma’lumot. Asosiy tushunchalar.
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni 1993 yil
28 dekabrda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. Qonun 5 ta bo‘lim, 21
moddadan iborat.
“Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida” gi O’RQ-614
07.04.2020 yilda ushbu qonuning yanfi tahriri qabul qilindi.
Qonunchilik
palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan
2020-yil 28-fevralda ma’qullangan. Ushbu qonun 5 bob 32 moddani o’z ichiga
oladi.
I-Bob. Umumiy qoidalar;
II-Bob. Metrologiyaga oid faoliyat sohasini tartibga solish;
III-Bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish;
IV-Bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati;
V-Bob. Yakunlovchi qoidalar.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
metrologiyaga oid faoliyat
— o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlash, o‘lchash uslublari va vositalari, shuningdek talab qilinadigan aniqlikka
erishish usullari bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat;
metrologik kuzatiluvchanlik
— o‘lchash natijasining
hujjatlashtirilgan
uzluksiz kalibrlashlar ketma-ketligi orqali etalonga bog‘lash mumkin bo‘lgan
xossasi;