1 – amaliy mashg‘ulot


Davlat metrologiya nazorati (22-modda)



Yüklə 497,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü497,84 Kb.
#169214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 - amaliy mashg\'ulot (1) (1)

Davlat metrologiya nazorati (22-modda). 
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ 
hujjatlarning, 
shuningdek 
boshqa 
qonunchilik 
hujjatlarining 
metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi. 
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Davlat metrologiya nazorati: 


o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar
axborot-o‘lchash tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi, prokatga berilishi
realizatsiya qilinishi, ularning holati va qo‘llanilishi; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; 
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek 
akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari 
faoliyati; 
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish 
chog‘idagi miqdori ustidan amalga oshiriladi.
.
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligi qonunchilikda belgilanadi. 
 
V-bob. Yakunlovchi qoidalar. 
Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish 
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan 
moliyalashtiriladi: 
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab 
chiqish; 
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok 
etish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish; 
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va 
normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni 
ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish; 
metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik 
ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish; 
etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, 
saqlash, qo‘llash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada 
solishtirilishini ta’minlash; 
standart namunalarni ishlab chiqish; 
davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish kabi ishlarni bajarganlik uchun 
moliyalashtirish belgilangan. 
2.

Yüklə 497,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin