1 – amaliy mashg‘ulot



Yüklə 497,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix28.11.2023
ölçüsü497,84 Kb.
#169214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 - amaliy mashg\'ulot (1) (1)

Kattalik birliklari 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini 
belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Kattalik birliklarining nomlari
belgilari, ularni yozish va qo‘llash qoidalari maxsus vakolatli davlat organining 
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar 
tizimiga kiritilmagan birliklarni qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. 
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shartnoma shartlariga 
muvofiq o‘zga kattalik birliklaridan ham foydalanish mumkin. 
 
IV-Bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati
 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya хizmati 
organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini 
tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari (19-modda): 
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlaridir: 
etalonlar; 
o‘lchash vositalari; 
sinov vositalari; 
standart namunalar; 
axborot-o‘lchash tizimlari; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari; 
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish 
chog‘idagi miqdori; 
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar. 
Davlat metrologiya tekshiruvi 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlarining metrologik
texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya 
tekshiruvi amalga oshiriladi. 
Davlat metrologiya tekshiruvi: 
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish; 
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik 
attestatsiyadan o‘tkazish; 
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash; 
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish. 

Yüklə 497,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin