Bir modali va ko’p modali optik tolalarning geometrik va fizik parametrlarni o’rganish, ularni hisoblash usullarini o’zlashtirish.
Topshiriqning mazmuni
1. Quyidagi savollarga yozma ravishda javob bering:
1.1. Optik tolaning optik aloqa tizimidagi o’rniga tafsiv bering.
1.2. Optik aloqa tizimida qo’llaniladigan optik tolalarning qanday turlari mavjud? Ularga tafsiv bering.
1.3. Tolali optik aloqa tizimlarida optik tolalarning qanday standartlaridan keng foydalaniladi? Ularga tafsiv bering.
1.4. Ikki muhit chegarasidagi tekislikka tushgan Yorug’lik nurining tushish va sinish burchaklari orasidagi bog’lanishni ifodalovchi Snellius qonuni qanday munosabat bilan aniqlanadi?
1.5. Optik tolaning muhim parametrlaridan biri - sindirish ko’rsatkichining nisbiy farqi qanday munosabat bilan aniqlanadi?
1.6. Yorug’lik nurining to’liq ichki qaytish burchagi uchun miqdoriy munosabat yozing va uni tafsivlang.
1.7. Apertura burchagi va soniga ta’rif bering.
1.8. Pog’onali va gradientli sindirish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan optik tolalar uchun apertura sonlari qaysi miqdoriy munosabatlar bilan aniqlanadi?
1.9. Normalashtirilgan chastotaga ta’rif bering?
1.10. Pog’onali optik tola uchun modalar soni qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi? Unga tafsiv bering.
1.11. Gradientli optik tola uchun modalar soni qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi? Unga tafsiv bering.
1.12. Kesish to’lqin uzunligiga ta’rif bering. Pog’onali bir modali optik tola uchun va optik kabel uchun kesish to’lqin uzunliklarini aniqlash usullarini tafsivlang.
1.13. Optik tola qanday fizik parametrlar bilan tafsivlanadi?
1.14. Yorug’lik nurlanishining optik toladagi so’nishiga ta’sir etuvchi omillarni sanab ko’rsating.
1.15. Optik toladagi xususiy va kabel yo’qotishlariga ta’rif bering.
1.16. Optik toladagi xususiy yo’qotishlar qaysi tashkil etuvchilardan tarkib topadi va ular qanday miqdoriy munosabatlar bilan aniqlanadi?
1.17. Optik tolada yuz beradigan dispersiya hodisasiga ta’rif bering. Uning qanday turlari mavjud? Natijaviy dispersiya qanday munosabat bilan aniqlanadi ?
1.18. Ko’p modali optik tolada yuz beradigan modalararo dispersiyaga ta’rif bering. Pog’onali va gradientli optik tolalar uchun bu turdagi dispersiya qanday miqdoriy munosabatlar bilan aniqlanadi ?
1.19. Optik tolada yuz beradigan xromatik dispersiyaga ta’rif bering. U qanday tashkil etuvchilardan tarkib topadi?
1.20. Optik tola materialining turiga bog’liq tarzda yuz beradigan dispersiya turi qaysi miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi?
1.21. Optik tolada to’lqin uzatish jarayoni bilan bog’liq tarzda yuz beradigan dispersiya turi qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi? Unga tafsiv bering.
1.22. Optik tolada yuz beradigan qutblangan moda dispersiyasiga ta’rif bering u qanday omillar tufayli hosil bo’ladi?
1.23. Dispersiyani kamaytirish maqsadida qaysi usullardan foydalaniladi?
1.24. Tolali optik kabellar vazifasi, tuzilishi va tayyorlangan materialiga bog’liq ravishda qanday turlarga bo’linadi?
1.25. Optik tolaning o’tkazish polosasiga ta’rif bering. U qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi?
2. O’zingizga tegishli variant (n) bo’yicha optik tolaning quyidagi jadvalning 3-7 ustunlarida berilgan parametrlari bo’yicha uning oxirgi ustunida ko’rsatilgan parametrlari qiymatlarini aniqlang. 1-jadval