XX asrning 40-yillari oxirida AQSH va G ‘arbiy Yevropanmg ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqamv siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o'matish sohasida faoliyat yurita boshladilar. 3. Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish
moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari
o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishni taqozo etadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasida ko‘pgina umumiyliklar
mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizim i
axborotidan foydalanadi.
Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv
hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z
faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib
ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik
tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun
foydalaniladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni
quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning
holati to'g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik
buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’Iumotlar ma’muriyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham '
mo‘ljallangan boiadi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va
kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning toTov qobiliyati,
kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning
rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda
olib borilganiga e’tibor beradilar.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini •
oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir.