SBIA-90/21 guruh talabasi Shodiyeva Ismigulning buxgalteriya hisobi fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi Mavzu: Boshqaruv hisobi Tekshirdi: Obidov R. Reja: 1. " Boshqaruv hisobi" fani, uning predmeti va metodi. 2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanish. 3. Moliyaviy va boshqaruv hisobining o'zaro bog'liqligi. 1.«Boshqaruv hisobi» fanining predmeti xarajatlar va mahsulot
tannarxi kalkulatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaaiv
hisobini tashkil etish, budjetlashtirish, istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, segmentlar bo‘yicha hisobot
tuzish, samarali transfert baholarini shakllantirishning nazariyuslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya
hisobi sohasidagi ish vaqtlarining 90% ini boshqaruv hisobini tashkil
etish va yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobi bilan yuqori
malakaU mutaxassislar shug‘ullanishi talab etiladi.
Boshqaruv hisobi — bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan
paydo bo'lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy
tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi
axborotni taqdim etuvchi;
-- korxona hisob siyosatiga muvofiq yuritiladigan, tarkibiga
korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatini budjetlashtirish, investitsiya
loyihalarini tahlil qilish, xarajatlami hisobga olish va mahsulotlar
tannarxini kalkulatsiya qilishning ilg‘or usullarini qo‘Ilash,
javobgariik markazlari bo‘yicha segmentar hisobot tuzish, ichki
xo‘jalik bo'linmalari o ‘rtasidagi muomalalarda foydalaniiadigan
transfert baholami shakilantirish;
— evolutsion yo'li bilan rivojlanib boruvchi ichki xo'jalik
hisobining sintetik tizimi, bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida
tug‘ilgan kompleks fandir.
Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish
faoliyati muhim o‘rin tutadi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibi, o‘zgarishi, ularni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobini
tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini yuritish, sarflangan xarajatlar bo‘yicha chetlanishlarni hisobga
olish amalga oshiriladi.
Moliya-tijorat faoliyatida esa korxona iqtisodiy bo'linmalari
(segmentlari) bo‘yicha sotish, ma’muriy xarajatlar budjeti tuziladi
va ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
2.Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida
rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish
jarayonini o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.
Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan
sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning
Amerika assotsiatsiyasi tom onidan boshqaruv hisobi bo‘yicha
bitimvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli
dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o'quv fani sifatida
boshqaruv hisobi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan
edi. Uning paydo bodishi hamda shakllanishi kalkulatsiya va ishlab
chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bog'liq.
Kalkulatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir
vaqtning o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi
bodib hisoblangan. «Kalkulatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib,
so‘zma-so‘z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan
sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bodishi
kalkulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog‘onaga
ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulatsiya
hisobining ajratib kohsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada
takomillashtirish imkonini berdi.