Oldindan kiritilgan makronomlar.
..LINE.. – o’nlik konstanta o’qilayotgan satr nomeri . Birinchi satr nomeri 1 ga teng.
..FINE.. – fayl nomi . simvollar qatori. Preprotsessor har gal boshqa fayl nomi ko’rsatilgan # include direktivasini uchratganda nom o’zgaradi. # include direktivasi bajarilib bo’lgandan so’ng nom qayta tiklanadi.
..DATE.. – “Oy , sana, yil” formatidagi simvollar satri. Fayl bilan ishlash boshlangan sanani ko’rsatadi.
..TIME.. – “Soatlar : minutlar : sekundlar ” formatidagi simvollar satri. Preprotsessor tomonidan faylni o’qish boshlangan vaqtni ko’rsatada.
..STDC.. – Agar kompilyator ANSI – standart bo’yicha ishlayotgan bo’lsa qiymati 1 ga teng konstanta. Aks holda konstanta qiymati aniqlanmagan.
Borland C++ kompilyatori preprotsessorida qo’shimcha konstantalar kiritilgan:
..BCOPT.. – agar kompilyatsiyada optimizatsiya ishlatilsa qiymati 1 ga teng konstanta.
..BCPLUSPLUS.. – kompilyator versiyasiga mos keluvchi son qiymati.
..CPECL.. – funktsiyalarga parametrlar uzatish tartibini belgilaydi. C ++ da qabul qilingan tartib 1 raqamga tug’ri keladi.
.. CONSOLE.. – 32 razryadli kompilyator uchun aniqlangan va konsal programmalar uchun 1 ga teng.
..DLL.. – WINDOWS DLL rejimida ishlashga mos keladi.
..MSDOS.. -- Borland C++ 16 razryadli kompilyatorlari uchun 1 ga teng va 32 razryadli kompilyator uchun 0 ga teng.
..MT.. – Makros faqat 32 razryadli kompilyatorlar uchun mo’ljallangan.
..OVERLAY.. – overleyi rejimida 1 ga teng.
..PASCAL.. – CDECL ga qarama-qarshi.
..TCPLUSPLUS.. – kompilyator versiyasiga mos keluvchi son qiymati. C++ kompilyatorlari uchun mo’ljallangan.
..TLS.. -- 32 razryadli kompilyatorlar uchun rost deb belgilangan.
..TURBOC.. -- Borland C++ 4.0 kompilyatori uchun 0X0 400 kiymatga teng(Borland C++ 4.5 uchun 0X0 460 va hakazo).
.. WINDOWS.. – WINDOWS uchun kod generatsiyasi .
.. WIN32.. – 32 razryadli kompilyator uchun aniqlangan va konsol dasturlar uchun 1 ga teng.
Dostları ilə paylaş: |