1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari


Darsning borishi va vaqt taqsimoti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə13/145
tarix30.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#91507
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

Darsning borishi va vaqt taqsimoti






Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash:

1.Algoritm deganda nimani tushunasiz?


2.Algoritm so'zining kelib chiqish tarixini so'zlab bering.
3.Algoritmga maktab hayotidan misollar keltiring.
4.Darslikdan berilgan mavzuni topish algoritmini tuzing.
5.«Oshpalov» pishirish algoritmini tuzing.
6.Kompyuterni ishga tushirish algoritmini tuzing.
7.Algoritm ijrochisi haqida nimalarni bilasiz?
8.Qanday ko'rsatmalarni ijrochi bajara olmaydi?


Yangi mavzu bayoni

Avvalgi darsda algoritm va algoritm ijrochisi haqida so'z yuritilgan edi. Endi algoritmning asosiy xossalari bilan kengroq tanishtiriladi:


1-Tushunarlilik. Algoritm ijrochiga tushunarli bo'lishi uchun ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo'lsa, u holda algoritm insonmng imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko'zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imko- niyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kom­pyuter, elektron soat, dastgohlar) bo'lsa, u holda algoritm shu texnik vosi- taning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak.
Demak, berilayotgan har qanday ko'rsatma ijrochining ko'rsatmalar sistemasidan olinishi, ya'ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan.
2-Aniqlik. Algoritmdagi barcha amallar, ko'rsatmalar yoki buyruqlar bir ma'noli va aniq bo'lishi kerak. Masalan, «ozgina tuz solinsin» (bir osh qoshiqmi yoki bir choy qoshiqmi yoki bir piyolami?), «keragicha suv quyilsin» (kerak deganda qancha suv nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), «insho yozib kelinsin» (qaysi mavzuga oid?) kabi ko'rsatmalar har xil (ko'pincha keraksiz) natijalarga olib keladi.
Bundan shunday xulosaga kelamiz, aniqlik xossasiga asosan algoritm ijrochisi ko'rsatmalar ketma-ketligini mexanik ravishda xatosiz bajaradi va qo'shimcha izohlar talab qilmaydi.
3-Diskretlilik (uzluklilik, alohidalik). Algoritmda masalani yechish jarayoni alohida olingan sodda ko'rsatmalar ketma-ketligini qadamma- qadam bajarishdan iborat bo'lishi kerak. Bu xossa awalgi darsdagi misollarda yaqqol ko'rinib turibdi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin