Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
2.Dasturni nom lash haqida so'zlab bering.
3.Identifikator haqida ma'lumot bering.
4.Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topgan bo'ladi?
5. O'ng ustundagi belgilardan chap ustundagi to'plamiga mosini aniqlang.
Yangi mavzu bayoni: Paskal tilida, asosan, uch xil: o'zgarmas, o'zgaruvchi va jadval ko'rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
O'zgarmas miqdorlar
Belgili o'zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi — harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: 'а'; 'В'; '9'; * * va hokazo.
Satrli o'zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo'lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan:
'Toshkent'; 'A 549'; 'B***M.'; 47%'; 'BMA = '..-...-' va hokazo.
Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo'sh satr deyiladi.
Mantiqiy o'zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg'on) mantiqiy qiymatlardan biridir.
Sonli o'zgarmaslar ikki turda — butun yoki haqiqiy bo'lishi mumkin. Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko'rinishda -2147483648 dan +2147483647 gacha bo'lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o'zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, translyator bu xato haqida habar beradi. Haqiqiy sonlar o'z navbatida qo'zg'almas nuqtali va qo'z- g'aluvchi nuqtali sonlarga bo'linadi.
О`nli kasrlarning butun va kasr qismini ajratuvchi «vergul» о (rniga Paskal dasturlash tilida «nuqta» yoziladi. Qo'zg'almas nuqtali sonlar — o'nli kasr ko'rinishidagi sonlardir.
Masalan:
- 2.753; 283.45; 0.517; - 0.0013. Qo'zg'aluvchi nuqtali sonlar — eksponensial ko'rinishda (E yoki e yordamida) ifodalangan sonlardir. Sonlarni yozishning bu usuli juda kichik yoki juda katta sonlarni ifodalashda juda qulay. O'qilishi quyi- dagicha:
2.1E+07 — «2.1 ko'paytirilgan o'nning 7-darajasi»; 2.301e-63 — «2.301 ko'paytirilgan o'nning minus 63-darajasi». Masalan, 3400000000 = 3,4-109 soni Turbo Pascalda 3.4E+09 kabi eksponensial ko'rinishda yoziladi. E harfidan oldin yozilgan son mantissa, E harfidan keyin yozilgan son esa tartib deb ataladi. Mantissa butun yoki qo'zg'aluvchi nuqtali son, tartib esa faqat butun son bo'lishi mumkin. Masalan:
37.3879 E-3= 0.0373879; 5.31 E+5= 531000; -0.075 E~5= =-0.00000075; -2.37 E~4= -0.000237
Paskal tilida tuzilgan dasturda tavsiflangan o'zgarmaslar ishtirok etishi mumkin. Masalan,
Const A=21071963;_ml0ml0=,2301'; Pi=3.141516;
O'zgaruvchi miqdorlar O'zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, ya'ni ularning turi ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Dasturda o'zgaruvchilarni tavsiflash Paskalning Var xizmatchi so'zi bilan boshlanadi: Var o'zgaruvchi : turi; o'zgaruvchi : turi; Agar bir nechta o'zgaruvchining turi bir xil bo'lsa, ularni alohida tavsiflamasdan, birgalikda tavsiflash ham mumkin:
Var 1-o'zgaruvchi, 2-o'zgaruvchi,..., n-o'zgaruvchi : turi; Butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o'zgaruvchilar butun sonli o'zgaruvchilar deyiladi. Ular 5 turga bo'linib, bir-biridan qabul qiladigan qiymatlarining chegarasi hamda kompyuter xotirasidan egallay- digan joyi (hajmi) bilan farqlanadi. Quyidagi jadvalda butun sonli o'zgaruvchilarni tavsiflash uchun zarur bo'lgan Paskalning maxsus so'zlari, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan.
Turi
Qiymatlar chegarasi
Egallaydigan xotira hajmi
Byte
0 ...255
8 bit = 1 bayt
Shortlnt
-128 ...127
8 bit = 1 bayt
Shortint
-128 ...127
8 bit = 1 bayt
Word
0 ...65 535
16 bit = 2 bayt
Integer
-32 768 ...32 767
16 bit = 2 bayt
Longint
-2 147 483 648 ...2 147 483 647
32 bit = 4 bayt
Turi
Qiymatlar chegarasi
Razryadi
Egallaydigan
xotira hajmi
Real
-2,9 • 1039 ...1,7 • 1038
11-12
6 bayt
Single
-1,5 • 1045 ...3,4 • 1038
7-8
4 bayt
Double
-5,0 • 10324 ...1,7 • 10308
15-16
8 bayt
Extended
-3,4 • 104932 ...1,1 • 04932
19-20
10 bayt
Comp
-9,2 • 1018 ...9,2 018
19-20
8 bayt
Satrli o'zgaruvchilarni tavsiflash uchun Paskalning String maxsus so'zi qo'llaniladi. Bunday o'zgaruvchilar uchun kompyuter xotirasidan 255 bayt (255 ta belgi uchun) joy ajratiladi. Agar satrli o'zgaruvchi qabul qiladigan satrdagi belgilar soni dastur ishlashi davomida ma'lum miqdordan, masalan, 10 ta belgidan oshmasa, kompyuter xotirasini tejash maqsadida, uni String[ 10] orqali tavsiflash maqsadga muvofiq. Masalan:
Var qator : String; {qator nomli o'zgaruvchiga xotiradan 255 bayt ajratildi} _satr : String[24]; {_satr nomli o'zgaruvchiga xotiradan 24 bayt ajratildi} Mantiqiy o'zgarmas qiymatlarni qabul qiladigan o'zgaruvchilar mantiqiy o'zgaruvchilar deb atalib, Paskalning Boolean maxsus so'zi orqali tavsiflanadi. Masalan: var natija : Boolean;
katta, kichik : Boolean; Paskalda tilida tuzilgan dasturda faqat tavsiflangan o'zgaruvchilar ishtirok etishi mumkin. Paskal translyatori tavsiflanmagan o'zgaruvchilarni dasturda ishlatishga yo'l qo'ymaydi hamda xato xabarini ekranga «Error 3: Unknown identifier» (noma'lum identifikator, ya'ni bu holda noma'lum o'zgaruvchi) yozuvi orqali ifodalaydi. Shuni yodda tutish zarurki, o'zgaruvchilarga faqat tavsiflashda ko'rsatilgan turdagi qiymatlarnigina berish mumkin bo'ladi.