Read (kiritish ro'yxati); va ReadLn(kiritish ro'yxati); bu yerda Read (read (ing.) — o'qish) va ReadLn Paskalning xizmatchi so'zlari, kiritish ro'yxati esa bitta o'zgaruvchi yoki o'zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o'zgaruvchilar ketma-ketligi. Masalan: Read(a); Read(alfa,betta); ReadLn(_name);.
Kiritish operatori dastur ishlashini to'xtatadi va ro'yxatdagi o'zgaruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi. Agar ro'yxatda bir nechta o'zgaruvchi bo'lsa, ularning qiymatlari o'zaro probel (bo'sh joy) bilan ajratib kiritilishi yoki | ENTER | klavishini bosib kiritilishi mumkin. Ikkala holda ham oxirgi o'zgaruvchi qiymati kiritilgach ENTER klavishini bosish shart.
Read va Readln operatorlarining farqlari quyidagicha. Bitta yoki bir nechta alohida yozilgan Read operatori yordamida kiritiladigan o'zgaruvchilar qiymati bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishi mumkin. Readln operatori esa faqat o'zining ro'yxatida keltirilgan o'zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishiga imkon beradi.Shuning uchun Readln operatoridagi ro'yxat tugagach keyingi kiritish operatorini ishlashi uchun albatta ENTER klavishini bosish shart.
1- misol.
Var a,b:Integer;
Begin
Read(a);
Read(b);
WriteLn(a+b=', a+b);
End.
|
|
2- misol.
Var
a,b:Integer;
Begin
Read(a, b);
WriteLn('a+b=', a+b);
End.
|
O'zgaruvchilarga qiymat berishda o'zlashtirish operatori qo'llanilsa, dastur bitta qiymat uchun bajarilaveradi, ya'ni o'zgaruvchining qiymati xotiraga bir marta kiritiladi. Biror o'zgaruvchi qiymatini almashtirish uchun esa har safar dasturga kirib o'zgartirish zarur bo'ladi.
Dasturda biror o'zgaruvchiga qiymat berishda kiritish operatori qo'llanilgan bo'lsa, u holda dasturni ishga tushirib o'zgaruvchining qiymatini klaviaturadan kiritilaveradi, ya'ni muloqot usulida o'zgartirilaveradi.
Muloqot usulida ozgina noqulaylik bor, ya'ni qaysi o'zgaruvchiga qiymat kiritayotganimizni yodda tutishimiz shart.Bu noqulaylikdan qutulish uchun Write yoki Writeln operatoridan foydalanish mumkin. Masalan, Write('a= '); Readln (a); Write('b= '); Readln (b); yozilsa, qaysi o'zgaruvchiga qiymat kiritilayotganini ekranda ko'rinib turadi.
Readln operatori beradigan yana bir imkoniyat bor. Ma'lumki, Paskal dasturlash tili amallarni juda tez bajargani uchun natijani ko'rishga ulgurib bo'lmaydi. Avval aytib o'tilganidek, ekrandagi natijani ko'rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligi bosiladi.
Barcha natijalar ekranga chiqarilganidan so'ng natijani ko'rib olgunimizcha dasturni kuttirish uchun end.operatoridan avval ro'yxatsiz readln operatorini yozish kifoya. Bunday holda dastur ishini yakunlash uchun ENTER klavishi bosiladi. Albatta, bu operator kutilgan natijani berishi uchun undan oldin yozilgan oxirgi kiritish operatori ham LN qo'shimchasi bilan yozilgan bo'lishi shart.
Dostları ilə paylaş: |