27- dars. Mavzu: Chiziqli dasturlar tuzish Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
Chiziqli dasturlar tuzish
Maqsad
va
vazifalar
Darsning maqsadi: o'quvchilarga Paskal dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzishni o'rgatish. Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga chiziqli al- goritmlarning dasturi - chiziqli dastur va uni tuzish haqida bilim va ko'nikma berish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni yangi bilim olishda tartib va intizomga rioya qilishga hamda beril- gan topshiriqni belgilab olingan ketma-ketda bajarishga o'rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilar to- monidan boshqa o'quv fanlarida ko'rib chiqilgan masa- lalarini ham kompyuterdan foydalangan holda hal etishga yo'naltirishish orqali fanlarni o'zlashtirilishiga erishish.
O'quv
jarayonining mazmuni
Masalani kompyuter yordamida hal etish. Masalaning maqsadi va qo'yilishini. Chiziqli dasturlar tuzish. Das- turning ishlash prinsipi. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish. Natija olish va uni tahlil qilish.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.