1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari


Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi. Shakl



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə82/145
tarix30.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#91507
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   145
1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Ularda Paskal das- turlash tilida parametrli takrorlash operatoridan foy­dalanish malakasi shakllanadi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.


Darsning borishi va vaqt taqsimoti






Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash.
1. Tarmoqlanish operatorining qisqa va to'liq shakllari orasida qanday farq bor?
2. Paskalda qanday mantiqiy amallar qo'llaniladi?
3. Paskalda murakkab mantiqiy shartlarga misollar keltiring.
4. Mantiqiy ifodada amallarning bajarilish tartibini tushuntirib bering.
5. Mantiqiy ifodada qachon qavslar qo'llaniladi?


Yangi mavzu bayoni.
Aksariyat masalalarni yechishda ma'lum amallar ketma-ketligini bir necha marta takrorlash zarur boTadi. Awalgi bobda bu kabi masalalar bilan tanishildi va ularni hal qilish uchun takrorlanuvchi algoritmlar tuzdingiz. Endi takrorlanuvchi dasturlar tuzish usullari ko'rib chiqiladi.
Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta boTib, bu darsda ulardan bittasi — parametrli takrorlash operatori o'rganib chiqiladi. Mazkur opera- toming umumiy ko'rinishi quyidagicha:
For I: = NI To N2 Do ; bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so'zlari; I — butun turli ixtiyoriy o'zgaruvchi bo'lib, u takrorlash parametri deyiladi; NI — takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang'ich qiymati; N2 — takrorlash parametrining qabul qiladigan oxirgi qiymati; — takrorlanishi lozim bo'lgan
operator yoki operatorlar ketma-ketligi. Takrorlanish tanasini operatorlar ketma-ketligi tashkil etgan bo'lsa, ular albatta begin ko'rsatmasi bilan boshlanib, end; ko'rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlash parametrining boshlang'ich va oxirgi qiymatlari o'zgarmas, o'zgaruvchi yoki ifoda ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Mazkur operator quyidagicha ishlaydi:
1.Avval takrorlash parametri boshlang'ich qiymatni qabul qiladi;
2.Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katta bo'lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to'xtatiladi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi;
3.Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo'shiladi) va 2-bandga o'tiladi.
For operatori, asosan, takrorlanishlar soni avvaldan ma'lum
bo'lganda qo'llaniladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin