1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə39/145
tarix30.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#91507
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145
1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilar yangi bilim va ko`nikmaga ega bo`ladi. O`zgarmas, o`zgaruvchi miqdorlarlar to`g`risidagi tushunchaga ega bo`ladilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi

Darsning borishi va vaqt taqsimoti






Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa

Savollar :


1.Operator nima?


2.Dasturni nom lash haqida so'zlab bering.
3.Identifikator haqida ma'lumot bering.
4.Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topgan bo'ladi?
5. O'ng ustundagi belgilardan chap ustundagi to'plamiga mosini aniqlang.
Yangi mavzu bayoni:
Paskal tilida, asosan, uch xil: o'zgarmas, o'zgaruvchi va jadval ko'rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
O'zgarmas miqdorlar
Belgili o'zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi — harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: 'а'; 'В'; '9'; * * va hokazo.
Satrli o'zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo'lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan:
'Toshkent'; 'A 549'; 'B***M.'; 47%'; 'BMA = '..-...-' va hokazo.
Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo'sh satr deyiladi.
Mantiqiy o'zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg'on) mantiqiy qiymatlardan biridir.
Sonli o'zgarmaslar ikki turda — butun yoki haqiqiy bo'lishi mumkin. Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko'rinishda -2147483648 dan +2147483647 gacha bo'lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o'zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, translyator bu xato haqida habar beradi. Haqiqiy sonlar o'z navbatida qo'zg'almas nuqtali va qo'z- g'aluvchi nuqtali sonlarga bo'linadi.
О`nli kasrlarning butun va kasr qismini ajratuvchi «vergul» о (rniga Paskal dasturlash tilida «nuqta» yoziladi.
Qo'zg'almas nuqtali sonlar — o'nli kasr ko'rinishidagi sonlardir.
Masalan:
- 2.753; 283.45; 0.517; - 0.0013. Qo'zg'aluvchi nuqtali sonlar — eksponensial ko'rinishda (E yoki e yordamida) ifodalangan sonlardir. Sonlarni yozishning bu usuli juda kichik yoki juda katta sonlarni ifodalashda juda qulay. O'qilishi quyi- dagicha:
2.1E+07 — «2.1 ko'paytirilgan o'nning 7-darajasi»; 2.301e-63 — «2.301 ko'paytirilgan o'nning minus 63-darajasi». Masalan, 3400000000 = 3,4-109 soni Turbo Pascalda 3.4E+09 kabi eksponensial ko'rinishda yoziladi. E harfidan oldin yozilgan son man­tissa, E harfidan keyin yozilgan son esa tartib deb ataladi. Mantissa butun yoki qo'zg'aluvchi nuqtali son, tartib esa faqat butun son bo'lishi mumkin. Masalan:
37.3879 E-3= 0.0373879; 5.31 E+5= 531000; -0.075 E~5= =-0.00000075; -2.37 E~4= -0.000237
Paskal tilida tuzilgan dasturda tavsiflangan o'zgarmaslar ishtirok etishi mumkin. Masalan,
Const A=21071963;_ml0ml0=,2301'; Pi=3.141516;
O'zgaruvchi miqdorlar O'zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, ya'ni ularning turi ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Dasturda o'zgaruvchilarni tavsiflash Paskalning Var xizmatchi so'zi bilan boshlanadi: Var o'zgaruvchi : turi; o'zgaruvchi : turi; Agar bir nechta o'zgaruvchining turi bir xil bo'lsa, ularni alohida tavsiflamasdan, birgalikda tavsiflash ham mumkin:
Var 1-o'zgaruvchi, 2-o'zgaruvchi,..., n-o'zgaruvchi : turi; Butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o'zgaruvchilar butun sonli o'zgaruvchilar deyiladi. Ular 5 turga bo'linib, bir-biridan qabul qi­ladigan qiymatlarining chegarasi hamda kompyuter xotirasidan egallay- digan joyi (hajmi) bilan farqlanadi. Quyidagi jadvalda butun sonli o'zgaruvchilarni tavsiflash uchun zarur bo'lgan Paskalning maxsus so'zlari, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan.



Turi

Qiymatlar chegarasi

Egallaydigan xotira hajmi

Byte

0 ...255

8 bit = 1 bayt

Shortlnt

-128 ...127

8 bit = 1 bayt

Shortint

-128 ...127

8 bit = 1 bayt

Word

0 ...65 535

16 bit = 2 bayt

Integer

-32 768 ...32 767

16 bit = 2 bayt

Longint

-2 147 483 648 ...2 147 483 647

32 bit = 4 bayt




Turi

Qiymatlar chegarasi

Razryadi

Egallaydigan
xotira hajmi

Real

-2,9 • 1039 ...1,7 • 1038

11-12

6 bayt

Single

-1,5 • 1045 ...3,4 • 1038

7-8

4 bayt

Double

-5,0 • 10324 ...1,7 • 10308

15-16

8 bayt

Extended

-3,4 • 104932 ...1,1 • 04932

19-20

10 bayt

Comp

-9,2 • 1018 ...9,2 018

19-20

8 bayt



Satrli o'zgaruvchilarni tavsiflash uchun Paskalning String maxsus so'zi qo'llaniladi. Bunday o'zgaruvchilar uchun kompyuter xotirasidan 255 bayt (255 ta belgi uchun) joy ajratiladi. Agar satrli o'zgaruvchi qabul qiladigan satrdagi belgilar soni dastur ishlashi davomida ma'lum miqdordan, masalan, 10 ta belgidan oshmasa, kompyuter xotirasini tejash maqsadida, uni String[ 10] orqali tavsiflash maqsadga muvofiq. Masalan:
Var qator : String; {qator nomli o'zgaruvchiga xotiradan 255 bayt ajratildi} _satr : String[24]; {_satr nomli o'zgaruvchiga xotiradan 24 bayt ajratildi} Mantiqiy o'zgarmas qiymatlarni qabul qiladigan o'zgaruvchilar mantiqiy o'zgaruvchilar deb atalib, Paskalning Boolean maxsus so'zi orqali tavsiflanadi. Masalan: var natija : Boolean;
katta, kichik : Boolean; Paskalda tilida tuzilgan dasturda faqat tavsiflangan o'zgaruvchilar ishtirok etishi mumkin. Paskal translyatori tavsiflanmagan o'zgaruv­chilarni dasturda ishlatishga yo'l qo'ymaydi hamda xato xabarini ekranga «Error 3: Unknown identifier» (noma'lum identifikator, ya'ni bu holda noma'lum o'zgaruvchi) yozuvi orqali ifodalaydi. Shuni yodda tutish zarurki, o'zgaruvchilarga faqat tavsiflashda ko'rsatilgan turdagi qiymatlarnigina berish mumkin bo'ladi.



Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin