Yangi mavzuni mustaxkamlash. 4. Quyi sinf o'quvchisini ko'paytirish jadvali bo'yicha sinovchi dastur tuzing. To'g'ri javob berilganda «Barakalla», aks holda «Qayta ishla» matnlari turli rangda chiqsin.
5. Kiritilgan 1 dan 7 gacha oraliqda bo'lgan raqamga asosan hafta kunini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
Uyga vazifa:Darslikdagi 6-mashiqni bajarish
Sana : ____________________ Sinf : _______________________
32-dars Mavzu: Tarmoqlanuvchi strukturali dasturlar tuzish mavzusini takrorlash.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
Tarmoqlanuvchi strukturali dasturlar tuzish mavzusini takrorlash
Maqsad
va
vazifalar
Darsning maqsadi: O'quvchilarni murakkab shartlarni qo'llab tarmoqlanuvchi dasturlar tuzishga o'rgatish.
Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarda Paskal dastur- lash tilida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilar xarakterida izlanuvchanlik va topqirlik xususiyatlarini shakllantirish
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarning berilgan topshiriqlarni hal etishda kompyuterdan oqilona va samarali foydalanish ko'nikmasini hosil qilish.