O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafedrasi
Yo’nalish: 5111700- Boshlang`ich ta'lim va sport- tarbiyaviy ish
Fan : Boshlag’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi
Kurs: 2 – kurs, 01 – guruh, 4- sem. 2015 – 2016 o’quv yili.
REFERAT
Mavzu : 100 ichida sonlarni ko`paytirishni o’rgatish metodikasi.
Bajardi : Shomurodova D.
Tekshirdi: Eshqobilova G.
Samarqand - 2016
100 ichida sonlarni ko`paytirishni o’rgatish metodikasi.
Reja
1.
Bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini ko`paytirishni o`rgatish metodikasi
2. Jadvalda ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish metodikasi
3.” Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish” mavzusi yuzasidan dars ishlanma
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini ko`paytirishni o`rgatish metodikasi
Bu mavzu ustida ishlashda o`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat:
-o`quvchilarni ko`paytirish va bo`lish arifmetik amali ma'nosi bilan tanishtirish;
ularning ba'zi xossalari va ular orasidagi mavjud bog`lanishlar bilan bu, amallar
komponentalari bilan natijalari orasidagi o`zaro bog`lanishlar bilan tanishtirish;
-ko`paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo`linmani topishda foydalana olishni
ta'minlash;
-o`quvchilar jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish usullari bilan, 0 va 1 ga
ko`paytirish
va bo`lish
hollari, qoldiqli
bo`lishning jadval hollari bilan
tanishtirish.Ko`paytirish amalining konkreti mazmunini ochishni bir xil qo`shiluvchilar
yig`indisini topishga doir masala yechishdan boshlash maqsadga muvofiq. Masala
yechishda foydalaniladigan Ko`rsatmalilik bolalarga har bir konkreti holda qaysi
qo`shiluvchi takrorlanayotganligini va necha marta takrorlanayotganligini tushinib
olishga yordam beradi.
- Qo`shishga oid misollarni ko`paytirish bilan almashtiring, 3+3+3+3= 6+6+ 6=
- Natijalarni hisoblang, mumkin bo`lgan o`rinlarda qo`shishga oid misollarni
ko`paytirish bilan almashtiring. 2+2+2= 2+3+3=
- Ko`paytirishni qo`shishga doir misol bilan almashtiring va natijalarni hisoblang: 4x3,
5x2, 3x6,….
-Ifodalarni taqqoslang: 4+4+4+4+4 g’ 4x3 7x5 g’ 7+7+7+7
-Birinchi misol natijasi bo`yicha ikkinchi misol natijasini toping:
5x7=35 5x8=5x7+5 8x3=24 8x4=8x3+8
Bo`lishning konkreti ma'nosi oldin mazmuniga ko`ra bo`lishga doir masalalar
yechishda, so`ngra teng qismlarga bo`lishga doir masalalar yechishda ochib beriladi.
Masalan, berilgan buyumlar to`plamini 2 tadan, 3,4 tadan bo`lish, teng bo`laklarga
bo`lish va ularni yozishni o`rganish shakklanadi.
18:3=6, 18:9=2 «18 ni 3 ga bo`linsa, 6 hosil bo`ladi» deb o`qiladi. Bo`lishning
natijalari bu bosqichda yod olinmaydi keyinchalik mashqlar biroz murakkablashadi:
-Bir xil ko`payuvchili (3x4 va 3x5) yoki bir xil ko`paytiruvchili (6x5 va 7x5) misollar
juftini taqqoslang.
-Ikki usul bilan yeching. 6x4+6, 6x4-6, 6x8+6x2.
Dostları ilə paylaş: |