Darsning texnologik xaritasi


 Jadvalda ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish metodikasi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#94715
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
2. Jadvalda ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish metodikasi 
Jadvalda ko`paytirish va bo`lish. O`quvchilar ko`paytirish jadvalini bilibgina 
qolmay, balki jadvalning tuzilish jarayonini ham bilishi muhimdir. Har bir son bilan 
ko`paytirish va bo`lishning jadval hollari taxminan bir xil reja asosida o`rganiladi. 
Ko`paytirish va bo`lish jadvalining har bir holini o`rganish ishi o`zgarmas birinchi 
ko`paytuvchi bo`yicha jadval tuzishdan boshlanadi. 
Bu holda jadval tuzishda har bir keyingi misolning natijasini oldingisidan 
foydalanib hosil qilish oson. (Masalan, agar 3x2=6 bo`lsa, 3x3=3x2+3 bo`ladi). 
Jadvalda tuzishda boshqa usullardan ham foydalaniladi: 
1) Bir xil qo`shiluvchilarni topish 2x3=2=2=2 
2) Ko`paytirishning qo`shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalanish:
4x5=4+4+4+4+4=4x3+4x2=12+8=20
3) O`rin almashtirish xossasidan foydalanish 4x5=5x4 2 sonini ko`paytirish jadvali 
bilan tanishishda o`qituvchi taxta 2x2=4, 2x3=6, 2x4=8 yozuvini yozadi. O`quvchilar 
o`qishadi. «2 ni 2 ga ko`paytirish, 2 ni 3 ga ko`paytirish, 2 ni 4 ga ko`paytirish». 


O`qituvchi: “Biz bu misollarning natijalarini hisoblab, 2 ni ko`paytirish jadvalni 
tuzamiz” 2x2=2+2=4, demak, 2 ni 2 ga ko`paytirilsa hosil bo`ladi, 2x2=4; 
2x3=2+2+2=6 demak, 2 ni 3 ga ko`paytirilsa 6 hosil bo`ladi 2x3=6 bu natijani 
oldingisidan foydalanib ham hosil qilish mumkin, ya'ni 2x2=4, 2x3=2x2=2+6, 
2x4=2x3+2=8.
2 ni 5, 6, 7, 8, 9 ga ko`paytirish jadvalini tuzishda boshqa usullar ham ko`rsatiladi. 
Natijada 2 ga ko`paytirishning to`liq jadvali hosil qilinadi: 
2+2
2x2= 
2+2+2 
2x3= 
2+2+2+2 
2x4= 
2+2+2+2+2
2x5= 
2+2+2+2+2+2 
2x6= 
2+2+2+2+2+2+2
2x7= 
2+2+2+2+2+2+2+2 
2x8= 
2+2+2+2+2+2+2+2+2 
2x9= 
3; 4; 5; 6; 7; 8; 9 ga ko`paytirish jadvalari ham shunga o`xshash tuziladi. Har bir yangi 
jadval ikkita bir xil sonlarni ko`paytirish holidan boshlanadi, chunki berilgan sonni 
ko`paytirishning oldingi hollari tanish hisoblanadi ularni ilgari qaralgan jadvallarda 
ko`paytuvchilar o`rinlarini almashtirish yo`li bilan hosil qilish mumkin.
Hisoblash usullari bolalarga to`la tushunarli bo`lishi uchun ularni ko`rsatma-
qo`llanmalar yordamida aniqlashtirish maqsadga muvofiq, bunda buyumlarning 
rasmlari ikkitadan, uchtadan…. qilib chizilgan kartochkalardan, sonli figuralardan, 
kvadrat Santimetrlarga bo`lingan kvadrat ditstimetrlardan foydalanish mumkin. 
Ayniqsa, bunda kataklarga bo`lingan to`g`ri turtburchak tasvirlangan moslamadan 
foydalanish yaxshi natija beradi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin