1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari


Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash. Vosita



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə88/145
tarix30.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#91507
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   145
1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Ularda Paskal das turlash tilida Shart bo’yicha takrorlash operatoridan foy­dalanish malakasi shakllanadi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.


Darsning borishi va vaqt taqsimoti




Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash.
1. Takrorlanuvchi algoritmlarga misollar keltiring.
2. Parametrli takrorlash operatorining ko'rinishi qanday bo'ladi?
3.Takrorlash parametri qanday qiymatlarni qabul qiladi?
4.Parametrli takrorlash operatorining boshlang'ich va oxirgi qiymatlarini izohlang.
5.Takrorlash parametrining qiymatlari chegaralanganmi?
6.Takrorlash operatorining ishlashini tushuntiring.
7.Qanday vaziyatda To o'rniga Downto xizmatchi so'zi qo'llaniladi?


Yangi mavzu bayoni.
Avvalgi ko'rilgan misollarda takrorlanishlar soni aniq edi. Ammo shunday masalalar ham uchraydiki, ularda biror amallar ketma-ketligini ma'lum bir shart bajarilganda takrorlash kerak bo'ladi. Bunda takrorlanishlar sonini awaldan aytib bo'lmaydi. Bunday hollarda shart bo'yicha takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda bunday operatorlar ikkita: While va Repeat.
While operatori quyidagi umumiy ko'rinishga ega: While Do ; bu yerda While (ing. toki) va Do Paskalning xizmatchi so'zlari; — oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda; — takrorlash tanasini tashkil etuvchi operator yoki operatorlar ketma- ketligi. Agar takrorlanish tanasida operatorlar ketma-ketligi yozilsa, ular begin bilan boshlanib, end; bilan yakunlanadi.
Mazkur takrorlash operatori quyidagicha ishlaydi:
Avval shart tekshiriladi. Agar uning qiymati rost bo'lsa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar ishlaydi va yana shart tekshiriladi. Bu jarayon shart yolg'on qiymat qabul qilgunga qadar davom etadi.
1-misol. Ikkita sonning eng katta umumiy bo'luvchisi (EKUB)ni topuvchi dastur tuzing.
Yechish. EKUB topishning eng qulay usuli — Evklid algoritmi. Bu algoritm sizga avvalgi bobdan tanish. Dasturi quyidagicha:
Program EKUB;
Var a, b : Integer;
Begin
Write('Birinchi sonni kiriting: '); ReadLn(a);
Write('Ikkinchi sonni kiriting: '); ReadLn(b);
While a<>b Do If a>b Then a:=a~b Else b:=b~a; {a=b bo'lganda takrorlash tugaydi}
WriteLn('EKUB= a);
End.
Repeat operatori ham shart bo'yicha takrorlashni amalga oshiradi. Uning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
Repeat
Until
bu yerda Repeat (ing. takrorlash) va Until (ing. gacha) Paskalning xizmatchi so'zlari bo'lib, Repeat — takrorlash boshi, Until — takrorlash oxirini bildiradi; — oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda. Tak­rorlanish tanasi shart rost qiymat qabul qilgungacha bajarilaveradi.
2-misol. 5= 1,1 + 1,5 + 1,9+2,3 + ...+45,5 yig'indining hisoblash dasturini tuzing.
Yechish. Misolni tahlil qilib qo'shiluvchilar 0,4 ga farq qilishi aniq- lanadi. Parametrli takrorlash operatorida parametr qiymati haqiqiy bo'la olmaydi. Bu holda shart bo'yicha takrorlash operatorlaridan foydalanish qulay. Quyidagi ikkala yechimni taqqoslab ko'ring.

While yordamida

Repeat yordamida

Program
Summ_real;
Var J, S: real;
Begin
S:=0;J:=1.1;
While J<= 45.5 do begin S:=S+J; J:=J+0.4; end;
WriteLn('S=’,S);
End.

Program Summ_real;
Var J,S: real;
Begin S:=0;J:=1.1;
Repeat S:=S+J; J:=J+0.4;
Until J>=45.5;
WriteLn('S=’, S);
End.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin