Milliy adabiyot rivojiga H.S.Karomatovning “Qur’on va o‘zbek adabiyoti”, O.Sharofiddinovning “Cho‘lponni anglash”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, To‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur va boshqa Buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi

Tohir Malikning “Shaytanat”, Hojiakbar Shayxovning “Tutash olamlar” asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
Omon Muxtorning “To‘rt tomon qibla” nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning “O‘zbeknoma” tarixiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning “Biz kim, o‘zbeklar” asari, Azim Suyunning “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug‘at” she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston respublika hukumati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharofiddinov, To‘lepbergen Qayipber genovlar mamlakatimizning oliy mukofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandilar. Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar.