Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar.
2 ta listga Emitter qaytargich sxemasini asosiy bosqichlarini yozish va rams,chizmalarini chizish va baholangandan keyin xemis tizimiga joylash.
Laboratoriya prinsipal va ishchi sxemasini o‘qish va tushuntirib berish.Laboratoriya ishini sxema yordamida stentda yig‘ish va ishlatib ko‘rsatish
1. Tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha olish uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing.
2. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial nol bo‘ladigan (UKE=0) holatga o‘tkazing.
3. Ekranning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosib sxemani ishga tushiring.
4. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling. Olingan natijalarni 1-jadvalga yozing.
1.1-jadval. UE sxemasi bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikalari
UKE, V
|
|
V
|
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
8
|
12
|
0
|
U, V
|
|
|
|
|
|
|
|
I, mkA
|
|
|
|
|
|
|
|
12
|
U, V
|
|
|
|
|
|
|
|
I, mkA
|
|
|
|
|
|
|
|
5. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial 12V bo‘ladigan (UKE=12V) holatga o‘tkazing.
6. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling va ularni 1-jadvalda keltiring.
7. Olingan natijalarga asosan umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning statik volt-amper xarakteristikalarini UKE=0V va UKE=12V uchun quring.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
1. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini xarakteriograf yordamida qurish uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing.
2. Sxema elementlarining parametrlarini 1-rasmga asosan o‘rnating.
3. Ctrl va G klavishalarni bosib sxemani ishga tushiring. Grafik analizatorning ekranida 4 sekunddan keyin kollektor kuchlanishining 0 va 12 V qiymatlaridagi tranzistorning kirish xarakteristikalari hosil bo‘ladi.
4. Ctrl va T klavishalarni bosib sxemani ishlashini to‘xtating.
1-rasm. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini xarakteriograf yordamida qurish uchun sxema
5. Olingan xarakteristikalarni o‘qish va tahlil qilish uchun qulay holga keltirish uchun grafik analizatorning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va hosil bo‘lgan qalqib chiquvchi menYUdan Properties bo‘limining ustida sichqonchaning chap tugmasini bosing. Graph Properties oynasi chiqadi, uning General, BottomAxis va LeftAxis bo‘limlarida kerakli o‘zgartirishlarni amalga oshirib xarakteristikalarni qulay holatga keltiring.
6. Olingan xarakteristikalarni tahlil qiling.
Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot
Hisobotda quyidagilar keltiriladi.
1. Ishni bajarishdan maqsad.
2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar.
3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida.
4. Olingan natijalarning tahlili.
4. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar.
Dostları ilə paylaş: |