1- laboratoriya ishi Mavzu: Yo‘l qoplamasining ravonligini baholash Ishning maqsadi



Yüklə 123,21 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü123,21 Kb.
#104407
  1   2
1- laboratoriya ishi 2


1- laboratoriya ishi
Mavzu: Yo‘l qoplamasining ravonligini baholash


Ishning maqsadi: 3 metrlik reyka yordamida yo‘l qoplamasining ravonligini baholash.
Foydalaniladigan jihozlar: 3 metrli reyka, o‘lchovli klin.


Ishni bajarish tartibi
Yo‘l qoplamasining ravonligini o‘lchash uchun 3 metrli reyka qoplamaga yo‘lning avtomobil g‘ildiraklari izi bo‘yicha o‘rganilayotgan harakat tasmasi yo‘nalishida har piketda uch marta yotqiziladi.
Ravonlikning ko‘rsatkichi reyka bilan qoplama oralig‘i bo‘lib, reykaning har
0,5 m oralig‘ida belgilangan beshta nuqtada mavjud bo‘lgan kattaliklaridir.
Yo‘l qoplamasining bo‘ylama ravonligi xususiyatlari GOST 56925-2016 ga muvofiq o‘lchovlar o‘tkaziladi:
O’lchov ishlariga tayyorgarlik ko’rish:

  • O'lchov joyining uzunligi 300-400 m oralig'ida olinishi kerak;

  • O'lchov uchastkalarining umumiy uzunligi bir qator hisob-kitoblarda nazorat qilinadigan qoplama (asos) uzunligining kamida 10% bo'lishi kerak;

  • O'lchash joyining yuzasi toza bo'lishi kerak.

O’lchov ishlarini o’tkazish:

  • Yo'llar va ko'chalarda o'lchash reykani harakat tasmasi chetidan 0,5-1,0 m masofada asos (qoplama) yuzasiga, aerodromlarda esa - qator o'qi bo'ylab (harakat tasmasi) qo'llanilishi bilan amalga oshirilishi kerak;

  • Har o’lchashda reyka ostidan 5 ta nuqtada sanoq olinadi.

Avtomobil yo‘llarining qatnov qismi qoplamining bo‘ylama ravonligi bo‘yicha holati ravonlikning aslidagi ko‘rsatkichlarini yo‘l qo‘yiladigan ko‘rsatkichlarga taqqoslash yo‘li bilan baholanadi. Agar ravonlik ko‘rsatkichining aslidagi qiymati yo‘l qo‘yiladigan ko‘rsatkichdan kamroq yoki unga teng bo‘lsa, ravonligi bo‘yicha talab etiladigan foydalanish talablariga mos keladi (1.1-jadval).


1.1-jadval

Harakat jadalligi, avt/sut

Yo’l toifasi

Qoplama turi

Chegaraviy ruxsat etilgan bo‘ylama ravonlik ko‘rsatkichi, sm/km

Ruxsat etilgan
3 metrli reykani oralig‘idagi bo‘shliqlar soni, SHNK 3.06.03-2008da ko‘rsatilganidan ortiq, %

PKRS-2U qurilmasi bo‘yicha

7000 dan ortiq

I

Mukammal

540

6

3000-7000

II

660

7

1000-3000

III

Mukammal

860

9

Yengillashtirilgan

1100

12

500-1000

IV

Yengillashtirilgan

1200

14

200-500

O’tuvchi

-

-

200 gacha

V

Oddiy

-

-

SHNQ 3.06.03.-08 “Avtomobil yo‘llari” me’yoriy hujjatiga ko‘ra qurilish sharoitlariga va yo‘lning darajasiga qarab qoplamalarning ravonligini baholash meʼyorlari


1.2-jadval

Yo’lning darajasi va qurilish sharoiti

Bo’shliqlar soni, % hisobida o’lchashda

Reyka pona bilan (o’lchagich)




≤2 mm

≤3 mm

3 mm<

≤5 mm

max




IIII umumiy qo’llanishdagi mashina komplekti bilan



80



5

10




Shuning o’zi tekislikni avtomatik ravishda nazorat qiluvchi mashina

90



5



6




Qolgan darajali yo’llar bilan



75



5

10





a) b)
1.1-rasm. 3 metrli reyka (а) va o’lchov olinuvchi klin (b)
Uch metrli reyka yordamida yo‘l qoplamasining ravonligini o‘lchash natijalari 1.3-ish jurnaliga yoziladi. Olingan natijani qatʼiy belgilangan o‘lcham bilan solishtiriladi va qoplamaning haqiqiy ravonligi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi tahlil qilinadi.
1.3-ish jurnali

Yüklə 123,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin