Kesuvchi dasgohlar Reja Metal kesuvchi dastgohlar Tokarlik-vint
Kesuvchi dasgohlar Reja: 1.Metal kesuvchi dastgohlar 2. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari 3.Parmalash va yunib kengaytirish dastgohlari
1.Metal kesuvchi dastgohlar Asosiy metall kesuvchi dastgohlar va ularda bajariladigan ishlar Tanavorga kesuvchi asbob yordamida ishlov berishda uni yo‘nib kerakli shaklga va talab qilinadigan aniqlik darajasiga keltiruvchi mashina metall kesuvchi dastgoh deyiladi. 1. Shakllari bir-biriga o ‘xshash, ammo o ‘lchamlari har xil detallar ishlash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan dastgohlar. 2. Keng nomenklaturadagi detallarda m a’lum jarayonlarnigina bajarish uchun mo‘ljallangan keng vazifali dastgohlar. 3. Faqat bir tur-oicham dagi detallar ishlash uchun mo'ljallangan maxsns dastgohlar. 4. Avtomatlashtirilish darajasiga ko‘ra qo‘l bilan bajariladigan yarim avtomat, avtomatik liniyalar (tanavorlami avtomatik ravishda dastgohdan dastgohga o ‘tkazuvchi tizim). 5. Dastgohlar massasiga ko‘ra yengil (10 kN gacha), o'rtacha (100 kN gacha) va og‘ir (1 MN dan ortiq) dastgohlarga bo‘linadi. Og‘ir dastgohlar, o ‘z navbatida, yirik (100-300 kN), og'ir (300-1000 kN) va ju da og'ir (unikal) (1000 kN dan og‘ir) dastgohlarga boMinadi. 6 . Aniqlik darajasi bo‘yicha dastgohlar 5 sinfga bo‘linadi. N sinf - normal aniqlikdagi dastgohlar; bu sinfga universal dastgohlaming ko‘pchiligi kiradi. L sinf - oshirilgan aniqlikdagi dastgohlar, ayni dastgohlar normal aniqlikdagi dastgohlar asosida tayyorlanadi. Ammo dastgohda muhim detallami tayyorlashda yig‘ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo‘yiladi. V s in f - yuqori aniqlikdagi dastgohlar, dastgohlaming yuqori aniqligiga ayrim uzellaming max- sus tuzilishi, detallarining tayyorlanishiga, uzellarini va butun dastgohni yig‘ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo‘yilishi hisobiga erishiladi, A sinf - ju da yuqori aniqlikdagi dastgohlar, bunday dastgohlar tayyorlashda V sinf dastgohlari tayyorlashdagiga qaraganda ham qattiroq talablar qo‘yiladi. С sinf- A va В sinf dastgohlari detallarining aniqligini belgilovchi detallar tayyorlash uchun mo‘ljallangan nihoyatda aniq dastgohlar, boshqacha qilib aytganda, master-dastgohlar. B, A va С sinf dastgohlari tegishli aniqlikni ta’minlashi uchun ular harorati va namligi avtomatik ravishda o ‘zgarmas qilib turiladigan holda ishlatiladi. Dastgohlar texnologik belgilari va ishlatiladigan asboblariga qarab tokarlik, parmalash, yo‘nish, jilvirlash, randalash, pardozlash, tish va rezba ochish, frezalash, o ‘yish dastgohlariga bo‘linadi. Hamma mavjud metall kesuvchi dastgohlar 9 guruhga boiinib, har bir guruh esa, o ‘z navbatida, 9 turdan iborat bo‘ladi. Bularga dastgohlaming vazifasi, avtomatlashtirilish darajasi va boshqa ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan hamda metall kesish korxonalarida eng ko‘p ishlatiladigan dastgohlami kiritish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan ko‘p seriyali dastgoh- laming rusumi uchta yoki to ‘rtta (ba’zan, harflar qo‘shilgan) raqam bilan belgilanadi. Birinchi raqam dastgohning guruhini, ikkinchi raqam - turini, eng oxirgi bitta yoki ikkita raqam dastgohning o‘ziga xos o’chamlaridan birini bildiradi. Birinchi raqamdan keyingi harf dastgohning takomillashtirilganligini, barcha raqamlardan keyingi harf esa asosiy rusumning modifikatsiyasini (shakl o ‘zgarishini) ko‘rsatadi. Masalan, 2A135 rusumli dastgohda 2 raqami dastgohning ikkinchi guruhga kirishini, ya’ni parmalash dastgohi ekanligini, A harfi dastgohning takomillashtirilganligini bildiradi; 1 raqami dastgohning birinchi turga oidligini, ya’ni vertikal-parmalash dastgohi ekanligini; oxirgi ikkita raqam esa parmalanishi mumkin bo‘lgan eng katta teshik diametri 35 mm ekanligini ko‘rsatadi. 1336A rusumli tokarlik- revolver dastgohida 1 raqami tokarlik dastgohligini, 3 revolverliligini, 36 - ishlov beriladigan silindrik tanavoming diametrini, A harfi dastgohning modifikatsiyasini ifodalaydi. Shuni ta ’kidlash kerakki, yuqorida nomlari keltirilgan dastgohlar, asosan, aylanma harakatlanib biror texnologik jarayonni bajarishi mumkin. Shuning uchun bunday dastgohlarga aylanma harakat berishda turli tasmali (tekis ponasimon), tishli (to‘g‘ri, qiyshiq, konus kabi) hamda friksion, zanjirli, shnekli uzatmalardan, dastgohlarda ilgarilanma-qaytar harakatni hosil qilish uchun esa vint-gaykali, reykali uzatmalardan keng foydalaniladi.Metall kesish dastgohlarida asosiy jarayonlami (tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash, randalash va boshqa ishlami) amalga oshirish, shu bilan birga uzatmalami ishga sozlash uchun kerakli mexanizmlaming kinematik sxemalari quyida keltirilgan.. Pog'onali uzatmalar: a - tasmali; b - zanjirli; d - tishli; e - shnekli; f - reyka va reyka tishili g 'ildirak; g - reyka va reykali shnek; h - vintli; i - kinematik zanjir.. Tokarlik dastgohlari.