Aziz o‘quvchi! Endi siz bilan Scratch dasturlash muhitini o‘rganishni boshlaymiz.
Samimiyat bilan ta’kidlashimiz mumkinki, mazkur dasturlash muhiti yordamida siz o‘z animatsion va interfaol loyihalaringizni amalga oshirishingiz va multfilmlaringizni yaratish imkoniga ega bo‘lasiz.
Scratch
Scratch (скреч, skrech) dasturlash tili oddiy va tushunarli bo‘lgani sabali, unda nafaqat o‘quvchilar, balki bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘z loyihalarini amalga oshirishlari mumkin.
Scratch dasturi Massachusets universiteti prafessori Mitchel Reznik va Alan Key boshchiligida yaratilgan bo‘lib, hozirda ta’limga yo‘naltirilgan grafik interfeysli dasturlash muhiti sifatida o‘rganiladi.
Scratch
Scratch dasturiga LEGO konstruktrlik dasturi asos qilib olingan, shu boisdan ham uning davomchisi hisoblanadi.
Scratch dasturlash muhitida ham LEGO konstruktori kabi dasturning kodi rangli buloklardan hosil qilinadi(yig‘adi).
Konstruktor shaklidagi bunday bloklarning soddaligi dasturlashni qiziqarli o‘yin shaklida o‘rganish imkonini beradi.
Shuni bilingki, har qanday dasturlash jarayonida ham kerakli asosiy tushunchalarni bilish talab qilinadi. Masalan: algaritm, ko‘rsatma(buyruq), algaritmning ijrochisi, dastur, dasturlash va hakozo.
Kompyuterda biror masalani yechish va bundan to‘g‘ri natija olish uchun unga beriladigan buyruq va ko‘rsatmalar ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash lozim. Bunday jarayonga algaritmlash jarayoni deyiladi.
Alagaritmning tasvirlash usullari
Matn shaklida Formula ko‘rinishida Grafik blok sxema ko‘rinishida Dastur ko‘rinishida
Eslab qoling!
ALGARITM – ijrochi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarning izchil
ketma-ketligi.
ALGORITM ijrochisi – inson kabi, dastgohlar(stanoklar), mashinalar, robotlar, dronlar bo‘lishi mumkin.
Ammo insondan farqli ravishda “Texnik qurilmalar berilgan buyruq va ko‘rsatmalarni qanday tushunadi va bajaradi?”, “Ular qanday masalalarni hal qila oladi?” degan savollar tug‘ilishi tabiiy.
Bu savollarga javob berish uchun biz, eng avvalo, texnik qurilmalar tushuna va bajara oladigan barcha buyruq hamda ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Bu savollarga javob berish uchun biz, eng avvalo, texnik qurilmalar tushuna va bajara oladigan barcha buyruq hamda ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Shundagina biz ko‘rsatmalar asosida dastur yozish va uni boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lamiz.
Dasturlash
Bunday jarayon informatika sohasida dasturlash, kompyuter tilida yozilgan buyruq va ko‘rsatmalar yig‘indisi esa dastur deb ataladi.
Kompyuterlar uchun dasturlar maxsus dasturlash tilida yoziladi. Scratch dasturlash tili manashunday tillar sirasiga kiradi.
Scratch ingilizcha so‘z bo‘lib, chiziq, g‘ichirlash, pero, chipor, boshlamoq kabi bir necha ma’noni anglatadi.
Scratch
Scratch dasturi mutimediyali, grafik va tovushli uskunalar paneli, klaviatura, sichqoncha, sensor kabi qurilmalar signallarini qayta ishlash imkoniyatiga ega dastur hisoblanadi. Har qanday dastur kabi Scratch dasturi ham o‘z interfeysiga ega.
Scratch dasturini ishga tushirish va interfeysi bilan tanishish
1-usul. Dastur o‘rnatilganidan keyin ish stolida yugurib kelayotgan muhukcha rasmi bor yorliq hosil bo‘ladi. Dastur sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosish bilan ishga tushiriladi.
2-usul. Bosh menyuning
Пуск Все программы ro‘yhatidan scratch dasturi tanlanadi.
Buni bilasizmi?
Kichik foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Scratchdasturi bilan 2 ta muhitda ishlash mumkin.
? Offline
Online
Boshqarish paneli
Skriptlar paneli
Markaziy paneli
Stage (Sahna)
Rangli bloklar paneli
Spraytlarni boshqarish paneli
Sprayt tanlash
Asosiy menyu
Scratch dasturining asosiy tushunchalari. Skript, Sprayt va Sahna
Skript – ma’lum algoritm asosida ketma-ket taxlangan rangli buloklar.
Blok – dasturning eng kichik fragmenti.U buyruq, operator, o‘zgaruvchi yoki funksiya bo‘lishi mumkin. Bloklar vazifasiga ko‘ra 9 ta rangga ajratilgan.
Sprayt – Scratch dasturi stilida yaratilgan obyekt (qahramon).