Amaliy mashg`ulot qurimalarni emirilishi Jihozlar detallarining yeyilish turlari. Yeyilish tezligi va jadalligini hisoblash Mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 19,47 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü19,47 Kb.
#83398
AMALIY MASHG 1


AMALIY MASHG`ULOT 1.
Qurimalarni emirilishi Jihozlar detallarining yeyilish turlari.Yeyilish tezligi va jadalligini hisoblash
Mashg’ulotning maqsadi: Jihoz detallarining yeyilish turlari, ularning kelib sabablarini va yeilishning oldini olishni o’rganish.
Umumiy tushunchalar: Texnologik jihoz ishlayotgan paytida uning detal-juftliklari bir-biriga nisbatan qo`zg`almas turadi yoki (aylanma yoki ilgarilanmag`qaytarma) harakatda bo`ladi. Harakatlanayotgan detallar yuzasi orasidagi ishqalanish natijasida detallar yuzasidan metall zarrachalari tushib, yuzalar plastik deformatsiyaga uchraydi va detal o`lchami asta-sekin o`zgarib (kamayib) boradi. Bu jarayon natijasi detallarining yeyilishi deyiladi.
Yeyilishni keltirib chiqaruvchi sabablarga ko`ra 4 turga bo`linadi: mexanik, termik, kimyoviy (chirish) va avariyali.
Mexanik yeyilish - detal haddan tashqari ko’p o’ta yuklanish ostida ishlagani tufayli uning materiali "charchab", detal materiali yeyilishga qarshilik ko’rsata olmasdan qo`shma detallar yuzasining sirpanish va ishqalanishi natijasida kelib chiqadi.
Termik yeyilish detallarning katta tezlikda harakatlanayotganida va katta solishtirma bosim ostida ishlayotganida ishqalanish natijasida hosil bo`ladigan issiqlik ta`sirida kelib chiqadi.
Chirish (korroziya) - elyektrokimyoviy va kimyoviy jarayonlari tufayli metallning emirilishi. Metallning havodagi kislorod bilan qo`shilishi chirishning keng tarqalgan turidir.
Detal tayyorlashning qoniqarsizligi, moylash rejimining buzilishi, o`rnatish va ta`mirning noto`g`ri bajarilishi, texnik ishlatish qoidalarigining buzilishi va ishqalanish yuzasiga begona zarrachalarning o`tirib qolishi natijasida detallning avariyali yeyilishi yuzaga keladi.
Yeyilish tezligi va hajmiga quyidagi sabab va omillar ta`sir ko`rsatadi:
1. Detal yasalgan material sifati. Ishqalanayotgan detal yuzalarining turli xil materiallardan yasalgani, materiallarning qattiqlik va ishqalanishga turg`unlik xususiyati detallar yeyilish darajasiga katta ta`sir ko`rsatadi. Bir juftlik bo`lib ishlayotgan ikkita detallning birini (tayyorlanishi bo`yicha murakkab va mas`uliyatli detalni) qattiqroq, yeyilishga turg`un materialdan, ikkinchisini esa - nisbatan yumshoqroq, kichik ishqalanish koeffitsientiga ega bo`lgan materialdan yasalishi tavsiya etiladi. Masalan, val-vtulka juftligida val qattiq po`lat materialdan, vtulka bo`lsa yumshoqroq po`lat, cho`yan va boshqa yumshomroq mariallardan tayyorlanadi.
2. Ishqalanish va qo`ndirish yuzalarining mexanik ishlov berish sifati. Detallarni mexanik ishlov berish sifatsiz o`tkazilgan bo`lsa, detal yuzasidagi mikro notekisliklar yeyilish jadalligini belgilaydi.
3. Moylash rejimi va sifati. Detallarning ishlashini uzaytirish uchun moylash materialini to`g`ri tanlab, ishqalanish yuzasiga to`g`ri aniq etkazish lozim. Shuningdek, moylash rejimining normal holatini tanlash kerak.
4. Detal harakat tezligi va detallarga tushadigan solishtirma bosim kattaligi. Yuqori aylanish chastotasi bilan ishlayotgan mashina detallari kam aylanish chastotasi bilan ishlayotgan detallarga nisbatan, boshqa teng sharoitlarda, tezroq yeyiladi. Solishtirma bosim qancha ko`p bo`lsa, ishqalanayotgan yuzalar shuncha tez yeyiladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: solishtirma bosim oshishi bilan moy detallar orasidan siqib chiqariladi, quruq ishqalanish kuchayadi.
5. Detal ishlaydigan muhit sharoiti, harorati va boshqalar. Changli sharoitlarda ishlayotgan jihozlarda chang zarrachalari detallar orasiga kirib, moylash materialining sifatini tushiradi, detallar orasida abraziv zarrachalar paydo qiladi, shuning uchun bunday detallar tez yeyiladi. Yeyilish tezligi yana atrof-muhitning harorati, namligi va xizmat ko`rsatayotgan ishchi-chilangarlarning malakasiga bog`liq.
Yeyilishning asosiy xarakteristikalariga quyidagilar kiradi:

  • mutloq yeyilish - detal hajmining, o`lchamlarining va massasining o`zgarishi;

  • yeyilish tezligi (YT) - detal yeyilish hajmining (YH) u sodir bo`lgan vaqtga nisbati (YV):

YT = YH / YV (5.1)

YT = YH / IH (5.2)

  • yeyilishga turg`unlik - detal materialining yeyilishga qarshilik ko`rsatish xususiyati.



Ishni bajarish tartibi:

1. Har bir talaba o’qituvchi tomonidan beriladigan yoki ishlab chiqarish amaliyotida bo’lgan korxonasidagi texnologik jihozlardan biri uchun yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib asosiy ishchi detallari uchun yeyilish tezligi va jadalligini hisoblaydi.


2. Usbu detallarning yeilisiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qiladi.
2. Bajargan ishi bo’yicha hisobot yozadi va nazorat savollariga javob beradi.
Nazorat savollari:

1. Yeyilish nima? Turlarini aytib bering.


2. Yeyilishga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni aytib bering.
3. Detallarni yeyilishini oldini olish yo`llarnini aytib bering.

Yüklə 19,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin