O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari



Yüklə 132,92 Kb.
səhifə1/4
tarix20.07.2023
ölçüsü132,92 Kb.
#136960
  1   2   3   4
O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari



ANGREN UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH


Fan: Pedagogika nazariyasi


Mavzu: “O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari”

Bajardi: Qodirova M.
Guruh: 109 PP
Qabul qildi: _________________
Angren 2023
Mavzu: O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari
Reja:

  1. Jamoa tushunchasi

  2. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari.

  3. O’quvchilar jamoasi rivojining asosiy shart-sharoitlari.

Jamoa tushunchasi. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Tarbiya jarayoni Yaxlit tizimli jarayon Uzoq muddatli jarayon Qarama-qarshiliklardan iborat jarayon Ko’p qirrali jarayon Uzluksiz jarayon Ikki tomonlama aloqa jarayoni Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o’quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.


Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
O’quvchilar jamoasi o’ziga xos kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so’z yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o’z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo’lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o’zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g’oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o’z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o’rni va rolini to’g’ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o’rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishga yo’l qo’ymaydi. Har bir jamoa o’z-o’zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o’rnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari o’rtasida o’zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun 12 g’amxo’rlik, o’zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg’urish, mazkur yo’lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi.
Demak, jamoa o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

Jamoa





Saylangan umumiy rahbar orginga egalik

Majburiy,mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi

Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi

Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi

Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg’ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissini paydo bo’lishiga ko’maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo’lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o’zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko’pincha o’z-o’zidan paydo bo’ladi hamda ular o’qituvchiik ta’sir ko’rsatish uchun qo’l keladi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo’lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog’liqdir.


Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jihatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o’rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o’rinni egallaydi. O’quvchining jamoadagi o’rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo’lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko’zga ko’ringan o’rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo’la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) Jamoa Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi Majburiy, mas’uliyatli munosabat ning yo’lga qo’yilishi Saylangan umumiy rahbariy organga egalik Ijtimoiy axamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo’lgandagina jamoa o’zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.

Yüklə 132,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin