O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari


O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari



Yüklə 132,92 Kb.
səhifə2/4
tarix20.07.2023
ölçüsü132,92 Kb.
#136960
1   2   3   4
O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari

O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari. Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim bo’g’in – o’qituvchilar jamoasi hamda o’quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O’quv yurtlari jamoasi tarkibida o’quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
O’quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o’zaro birlikka ega o’quvchilar guruhidir. O’quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o’qituvchilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo’lib, o’z-o’zini nazorat qilish hamda o’z-o’zini boshqarish huquqi, shuningdek, o’ziga xos psixologik muhit va an’analariga ega bo’ladi. O’quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi va shakllanish bosqichlari. Jamoa va uni shakllantirish metodikasini bilish o’qituvchiik faoliyatining asosiy mazmuni sanaladi. Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’lgan sub’ektlarning alohida namuna ko’rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo’lib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir. O’quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi jamoa a’zolarining jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifalar bajarilish sifati orqali aniqlanadi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi.
Maktab jamoasi ikki muhim bo’g’in – o’qituvchilar jamoasi hamda o’quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O’quv yurtlari jamoasi tarkibida o’quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
O’quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o’zaro birlikka ega o’quvchilar guruhidir.
O’quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o’qituvchilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo’lib, o’z-o’zini nazorat qilish hamda o’z-o’zini boshqarish huquqi, shuningdek, o’ziga xos psixologik muhit va an’analariga ega bo’ladi.

Ikkinchi bosqich
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelish uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So’nggi (to’rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o’z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo’yish layoqatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon mohiyatini quyidagicha bayon etish mumkin:


Birinchi bosqich




O’qituvchi

jamoa

Jamoa

Talab

talab

faol





Uchinchi bosqich


To’rtinchi bosqich





shaxs

talab

shaxs

talab

jamoa

shaxs


Jamoaga qo’yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy ko’rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o’rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini ko’rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo’ladi.


Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur. Birinchi bosqich Ikkinchi bosqich To’rtinchi bosqich Uchinchi bosqich o’qituvchi talab jamoa a faol talab jamoa shaxs talab shaxs jamoa talab shaxs Bolalar jamoasining rivojlanish bosqichlari
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay o’qituvchilik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali o’qituvchi ta’sir ko’rsatishning maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi.
Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida ma’suliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. Ushbu bosqichda o’qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qo’ya olishi, u tomonidan qo’yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o’qituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligi, bir qarashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum bo’lsada, ayni vaqtda guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun zarur bo’luvchi sharoitning hali mavjud bo’la olmaganligini hisobga olish zarur.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bo’lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi.
O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tayyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (rag’bat)larning paydo bo’lishi, ijodiy hamkorlik va o’zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo’lishi, o’z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o’z mavqelaridan noo’rin foydalanmasliklari juda muhimdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo’lsada, ayni paytda uning o’ziga ham oshirilgan talablarning qo’yilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo’yish xavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faoliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi mazkur yo’nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi.
O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning har bir a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish ko’nikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi - uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bo’lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qo’ya boshlaydilar.
Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga xos yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baxti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va ma’suliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.

Yüklə 132,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin