Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energiya mexanika fakulteti



Yüklə 22,19 Kb.
səhifə1/3
tarix17.02.2023
ölçüsü22,19 Kb.
#84744
  1   2   3




NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI ENERGIYA MEXANIKA FAKULTETI
13CB-19MT Talabasi Rahmonov Humoyunning
Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari fanidan
bajargan


Topshirdi: Rahmonov Humoyun


Qabul qildi: Jurayev . N
Mavzu: Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar uchun dasgohlar sonini va yuklanish koiffsentlarini va ulardan asosiy vaqt bo’yicha foydalanishni aniqlash.

Reja:

  1. Kirish

  2. Jihozlar soni va yuklanish koeffitsiyentini aniqlash

  3. Dastgohlardan foydalanishda yuklanish koeffitsiyentining ruxsat etilgan qiymatlari



  1. Kirish

Uchta ishlab chiqarish turi mavjud: yakka tartibli, seriyali va
ommaviy ishlab chiqarishlar. Yakka tartibli ishlab chiqarish tayyorlanayotganmahsulotning keng nomenklaturada bo'lishi va ishlab chiqarish hajmi oz bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bunga mahsulot ishlab chiqarishni tajribadan o'tkazuvchi, unikal mashinalarni tayyorlovchi korxonalar misol bo'ladi. Seriyali ishlab chiqarish esa mahsulot nomenklaturasining chegaralanganligi, davriy qaytariluvchi partiyada tayyorlanishi va nisbatan katta hajmda ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi. 76-80 % mahsulotlar seriyali ishlab chiqarishda tayyorlanadi. Seriyali ishlab chiqarishning miqdori nisbatan ortayotganligi xarakterli tendensiyadir. Seriyali ishlab chiqarish partiyadagi mahsulotlar soni va ularning qaytariluvchanligiga ko'ra shartli ravishda mayda seriyali, o'rta seriyali, yirik seriyali bo'ladi. Seriyali ishlab chiqarish mahsulotlariga dastgohlar, kompressorlar, maxsus mashina va boshqalar kirishi mumkin. Ommaviy
ishlab chiqarish esa oz nomenklaturadagi va katta hajmda mahsulotni uzoq vaqt davomida to'xtovsiz ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi. Mashinasozlikda ommaviy ishlab chiqarish mahsulotlari sifatida avtomobillar, traktorlar, sovitgichlar va boshqa mahsulotlar bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarish turini aniqlash uchun operatsiyalarning bilikish koeffitsiyentidan foydalaniladi
Ishlab chiqarish turiga qarab operatsiyalar bilan yuklanish
koeffitsiyentining qiymatlarini quyidagicha tavsiya qilinadi:
yakka tartibli ishlab chiqarishda - 40 dan ortiq, mayda seriyali ishlab chiqarishda - 20 dan 40 gacha; o'rta seriyali ishlab chiqarishda- 10 dan 20 gacha, yirik seriyali ishlab chiqarishda -1 dan 10 gacha, ommaviy ishlab chiqarishda - 1 ga teng bo'ladi. Ishlab chiqarish turi boiinishining shartliligini va MIChT ni rivojlanishi bilan har xil ishlab chiqarish turlarining dastgohlari soni va ularning farqi yo'qolib borishini hisobga olish zarurdir. Hattoki, ommaviy ishlab chiqarish turi ham hozirgi vaqtda tez almashuvchan bo'lmoqda, chunki yuqori unumli jihozlardan foydalanish
talab etilmoqda, chunonchi ular boshqa mahsulot ishlab
< hiqarishga juda tez sozlanishi kerak. Agar awallari avtomobil korxonalari bitta modelni yillab ishlab chiqargan bo'lsa, hozii esa har yili modellar o'zgartirilmoqda.
Hozirgi zamonaviy mexanika-yig'uv ishlab chiqarishi sexlariga texnologik jihozlar tarkibini tanlashda mashinalar ishlab chiqarish texnologiyasidagi quyidagi asosiy yo'nalishlarni e’tiborga olish kerak: texnologik jarayonlarni intensifikatsiyalash, detallarga ishlov berish va yig'ish sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini to'liq avtomatlashtirish, ishlab chiqarish rentabelligini
va mehnat unumdorligini oshirish. Moslanuvchan ishlab chiqarish tiziinlarining turlari Sexdagi jihozlar tarkibini tanlashda asosiy omil qilib yillik ishlab chiqarish uchun keltirilgan minimal xarajat hisoblanadi:
Z = T + S„ K,
bu yerda, T - yiilik ishlab chiqarish tannarxi; Sn = 0,15 - kapital sarf-xarajatlarning samaradorlik koeffitsiyentining me’yori; - mahsulotning yillik hajmiga nisbatan kapital sarf-xarajatlar. Ushbu sarf-xarajatlarga jihozlar, kesuvchi asboblar, bino narxlari, tugallanmagan ishlab chiqarishga, turar-joy va madaniy-maishiy qurilishga sarflangan xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni rivojlantirish mashinasozlikda zamonaviy moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarini keng goilash uchun sharoit yaratdi (3.3-rasm). Bu an’analarga ko'p nomenklaturali seriyali ishlab chiqarishning ko'payishi, ommaviy ishlab chiqarish sharoitida buyumlarni ishlab chiqarish davrining qisqarishi kiradi. MIChT SDB dastgohlarining turli xil
talqinidir. Robotlashtirilgan texnologik komplekslar (RTK),
moslanuvchan ishlab chiqarish modullari (MIChM), alohida texnologik dastgohlar birligi va ma’lum bir vaqt oralig'ida avtomatlashgan rejimdd funksiyalanishini ta’minlovchi tizimlar turli xil nomenklaturadagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun avtomatik ravishda sozlanadi.

Yüklə 22,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin