2.Jihozlar soni va yuklanish koeffitsiyentini aniqlash Ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun kerak bo'ladigan
dastgohlar turi va sonini aniglash sexlarni hisoblashda asosiy masala bo'lib, noto'g'ri tanlangan detal turi yoki soni yetishmasligiga olib keladi. Agar dastgohlar soni ortiqcha bo'lsa, ulardan to'liq foydalanilmaydi, sotib olishga, o'rnatishga, ishga tushirishga ortiqcha mablag' sarflanadi. Agar dastgohlar soni kam tanlangan bo'lsa, u holda kunlik rejani bajarishning imkoni bo'lmaydi.
Sex uchun kerakli dastgohlar sonini guyidagi ikki xil usulda
aniqlanadi:
1.Texnologik jarayon maiumotlari bo'yicha.
2.Texnik-igtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha.
Texnologik jarayon ma’lumotlari bo'yicha dastgohlar sonini
aniglash usulda texnologik jarayon bo'yicha ishlov berish kerak bo'lgan detallarning anig nomentklaturasi texnologik jarayon ma’lumotlari va vagt me’yorlari asosida olib boriladi. Bu usul seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sexlarini loyihalashda qo'llaniladi. Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha dastgohlar sonini aniqlash usuli katta loyihalarni bajarishda, ya'ni ishlov beriladigan
mahsulot nomenklaturasi anig belgilanmaganda qo'llaniladi.
Yuqoridagi ikki usuldan birinchisi aniq hisoblanadi. Bunda
yil davomida ishlab chiqarilishi zarur bo'lgan mahsulotga ishlov berish uchun kerak bo'lgan dastgohlar soni har bir jarayonni bajarish uchun zarui vaqt me’yori asosida hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish uchun dastgohlar sonini ylllik ishlov beriladigan detallarning har bir dastgoh uchun ishlov berish vaqti bo'yicha aniqlanadi. Bunda dastgohlarning kerakli soni quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda, detallarning yillik soniga ushbu dastgohda ishlov
berishning umumiy vaqt me’yori, soat;
Fd.x.v " bir smenali ish rejimida har bir dastgohning haqiqiy
yillik ishlash vaqt fondi;
m - sutka davomida dastgohning ishlash smenalari soni.
Seriyali ishlab chiqarish uchun me’yorlangan vaqt yig'indisi bitta detalga ushbu dastgohda ishlov berishning donabay-kalkulatsiyali vaqtining ushbu detallarning yillik soni ko'paytmasiga teng bo'ladi, ya’ni:
Tik Q tdJi . JD. , [soatj
bu yerda, tdk - dastgohda ushbu detalga ishlov berishdagi donabay- kalkulatsyali vaqt: D U ushbu dastgohda yil davomida ishlov beriladigan bir xil
nomdagi detallar soni.
asosan dastgohlarning kerakli sonini aniqlash
uchun dastgohlarning yillik haqiqiy ishlash vaqt fondini aniqlash kerak bo'ladi. Har bir dastgohning yil davomida haqiqiy ishlash vaqt fondi dastgohning haqiqiy ish bilan band bo'lgan vaqtidir: Fdxv = F k (6.5) bu yerda, Fdxv - dastgohning bir smenali ish rejimida yillik
haqiqiy ishlash vaqt fondi, soat