Nazorat savollari
Tarmoq qurilmalarining xavfsizligini ta’minlash vositalari
Unitilgan parollarni qayta tiklashning qanday usullarini bilasiz?
Qaysi holatlarda parollar qayta tiklanadi yoki yangi parol o`rnatiladi?
Cisco qurilmalarida qanday xotira turlari mavjud?
4–LABORATORIYA ISHI
REZERVLASH PROTOKOLLARI - STP, RSTP VA AGREGATSIYALASH PROTOKOLLARI - LACP, PAGP NI SOZLASH
Ishdan maqsad
Kanal pog’onasi protokollari:
STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari;
LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Topshiriq:
1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq:
SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.1-rasmda ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring.
STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni sozlang va tekshiring.
Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat yo`nalishlarini o`zgartiring.
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
4.1 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi
2. LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha topshiriq
S1, S2 kommutatorlarning interfeyslarini rasmda ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring
LACP yoki PAgP protokollari yordamida kanal agregatsiya konfiguratsiyalarini amalga oshiring
Har bir kommutatorda yozilgan buyruqlarning vazifalarini o`rganing.
1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: PVSP+, RSTP, MSTP, SPM.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan keyingi filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi. Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab qo`yish imkoniyatini beradi (4.2-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Ildiz kommutatorni tanlash (root switch);
Ildiz portlarni tanlash (root port);
Belgilangan portlarni tanlash (designated port).
4.2-rasm. STP protokolidagi port turlari
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi. Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: |