1 – LABORATORIYA ISHI
Yuritmalarning kinematik sxemasini tuzish va ularning tarkibiy Qisimlarini aniQlash
Ishdan maqsad: Yuk ko'tarish yoki yuk tashish mashinasining yuritmasi asosida mexanikaviy yuritmaning tarkibiy qismi bilan tanishish, yuritmalarning kinematik sxemasini tuzish va ularni tarkibiy qismlarini tahlil qilishni o'rganish.
Asboblar: Shtangentsirkul, chizg’ich, sirkul, transportir.
Laboratoriya qurilmasi: Yuk ko'tarish yoki yuk tashish mashinasining mexanikaviy yuritmasi.
Umumiy ma'lumotlar
Har qanday mexanik harakatda bo'lgan mashina dastasi yoki mexanikaviy yuritmaga ega bo'ladi. Dastaki yuritmalarda harakat manbai sifatida inson yoki xayvon muskuli energiyasidan foydalaniladi. Mexanikaviy yuritmalarda harakat manbai bo'lib turli dvigatellar (elektrodvigatel va boshqalar. xizmat qiladi. Yuritmalar xarakat manbaidan va bir yoki bir nechta uzatmalardan tashkil topgan bo'ladi.
Mexanikaviy yuritmalarda aksariyat hollarda dvigatelning xarakat tezligi mashina ishchi valining xarakat tezligidan farq qiladi. Bunda yuritmaning uzatish nisbati quyidagicha ifodalanadi.
Bu erda:
ωdv; ndv - mos ravishda dvigatelning burchak tezligi (1/s. va aylanish chastotasi (1/min.
ωio; nio - mos ravishda mashina ishchi valining burchak tezligi va aylanish chastotasi.
Agar:
ωdv > ωio bo'lsa yuritma xarakat tezligi sekinlashuvchi.
ωdv < ωio bo'lsa yuritma xarakat tezligi oshiruvchi bo'ladi.
Mexanikaviy yuritmaning tarkibiy qismlarini o'rganish, ularni tuzilishini ifodalovchi matnlarini yaratish ko'nikmalarini xosil qilish va yuritmalarning kinematik sxemasini tuzish barcha mutaxasislik talabalari uchun umummuxandislik tayyorgarlikning zaruriy bosqichi bo'lib xizmat qiladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi
1. Laboratoriya qurilmasi bilan tanishib chiqing, uning yuritmasini kinematik sxemasini chizing, yuritma uzatmalarishi va ularni elementlarini nomini yozing. 1-chi rasmda namuna ko'rsatilgan.
2. Yuritmaning uztish nisbatini (sonini. taxminan anqlang. Buning uchun elektrodvigatel valini qo'lda shuncha marta aylantirish kerakki to ishchi val to'la bir marta aylansin.
3. Reduktorning uzatish nisbati (masalan chervyakli reduktor. va boshka uzatmalarni uzatish nisbatlarini aniklang:
3.1.
bu erda Z1 –chervyak kirimlar soni. Z2 –chervyakli g’ildirak tishlar soni.
3.2.
tasmali uzatma uchun.
d1 va d2 –kichik va katta shkivlar diametrlari.
3.3.
ochiq tishli uzatma uchun.
Z1 va Z2 –tishli g’ildiraklarning tishlar soni.
3.4.
zanjirli uzatma uchun.
Z1va Z2 –yulduzchadagi tishlar soni va xokazo.
3.5.Yuritmaning uzatish nisbati yana I‘yur = I1 I2 I3 I4 ... formula orqli topiladi.
4. Iyur va I‘yur larni solishtirish (farqi 10% dan oshmasligi kerak..
Rasm 1
Yuritma tarkibi:
I. elektrodvigatel.
II. Ponasimon tasmali uzatma.
III. Ikki pog’onali silindrsimon g’ildirakli redukor.
IV. Zanjirli uzatma
V. Lentali konveyerning etaklovchi barabani..
Tasmali uzatma detallari:
1-etaklovchi shkiv
2-yetaklanuvchi shkiv
3-ponasimon tasma
|
8- tez aylanuvchi pog’onaning g’ildiragi
9- sekin aylanuvchi pog’onaning shesternyasi
10- sekinz aylanuvchi pog’onaning g’ildiragi;
11-reduktor korpusi
Zanjirli uzatma detallari:
12-etaklovchi yulduzcha
13-yetaklanuvchi yulduzcha
14-zanjir
|
Reduktor detallari:
4-tez aylanuvchi val
5-oraliq val
6- sekin aylanuvchi val
7- tez aylanuvchi pog’onaning shesternyasi
|
Baraban detallari
15-konveyer barabani;
16-konveyer lentasi;
17-konveyerning etaklovchi vali.
|
Dostları ilə paylaş: |