Mavzu: Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratish mo’ljallangan dasturlar.
Talabaning FIO: Abdurashidov Shafoat
Gurux:205
MathCad bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan tizimdir. Uning nomlanishi ikkita – MATHematika (matematika) va CAD (avtomatik loyihalash sistemasi) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan. MathCad formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal tizimdir. MathCad tili matematika tiliga juda ham yaqindir, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda qulaydir.
MATLAB so’zi МАТrix LABoratory – matritsali laboratoriya so’zlarining boshlang’ich harflaridan tuzilgan. Uning nomidan MATLABning mohiyatni anglash mumkin. Bu haqiqatdan matritsali laboratoriya oddiy konstanta yoki o’zgaruvchi emas, ya’ni matritsa va uning xususiy holi vektor-satr, vektor-ustundir. MATLAB tizimi XX asrning 70-yillarida katta EHMlarda foydalanish uchun Moler (C.B.Moler) tomonidan ishlab chiqildi. 80-yillarning boshlarida Djon Litl (John Little) o’zining Math Works, Inс. firmasida IBM PC, VAX va Macintosh tipli shaxsiy kompyuterlar uchun bu tizimni modernizatsiya qildi. MATLAB turli fan va texnika muammolari masalalarini yechishda boshqa shunga o’xshash tizimlarga nisbatan yuqori saviyadagi tizim deb tan olindi. Modellashtirish vositasi sifatida ham kuchli vosita hisoblanadi.
Elektron jadvallarga ishlov berish dasturi ofis (idora) paketining muhim qismi (komponenti)dir. Bunday dasturlarning hamma sohalarda ishlatilishi asosan ularning universalligi bilan izohlanadi, zero hayotimizning sohalarida hisobkitoblarsiz ish ko‘rishning iloji yo‘q (Biroq ishlab chiqaruvchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra foydalanuvchi EXCEL taklif qiladigan imkoniyatlarning faqat beshdan bir qisminigina amalda qo‘llaydilar xolos). Turli bloklarni tayyorlash, diagrammalar tuzish va hokazolar kabi oddiy vazifalar bilan birgalikda EXCEL juda murakkab bo‘lgan muammolarni ham hal qilishga imkon beradi. Masalan, korxonada ushbu dastur yordamida buyurtmalarga ishlov berish va ishlab chiqarishni rejalashtirsh, soliqlar va ish haqini hisob-kitob qilish, kadrlar va harajatlarni hisobi, sotishni boshqarish va hokazo yumushlarni yengillashtirish mumkin. EXCEL ni qo‘llash sohasi ishlab chiqarish, tadbirkorlik sohalari bilangina chegaralanmaydi. Dasturning kuchli matematik va muhandislik funksiyalari tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ham ko‘plab vazifalarni hal qilish imkoniyatlarini beradi.
Agar formulalar bo’lganida edi elektron jadvallarni matn muharrirlari yordamida tuzish mumkin bo’lardi. Formula bu arifmetik ifoda bo’lib, unda raqamlar, kataklarning adreslari, funksiyalar, arifmetik amallarning belgilari +, -, * va /. Formula = belgisidan boshlanadi. By belgini dastur ko’rganda katakda avtomatik hisoblashni boshlaydi. Bu borada amaliy ko’nikmalar hosil qilish uchun bo’sh katakni ajrating va unga = 10+5 ni kiriting, Enter tugmachasini bosing. Katakda 15 ifodasi (raqami), formulalar qatorida esa formulaning o’zi paydo bo’ladi. Formulalarda sonlar bilan birga kataklarning ishoralar deb ataluvchi manzillarni ham ishlatish mumkin. Kataklarga ishoralarni o’z ichiga olgan formulalarni tuzar ekansiz, siz formulani kitobning kataklari bilan bog’laysiz. Formulaning ifodasi katakning ichida mavjud bo’lgan ma’lumotlarga bog’liq bo’ladi va u katakning ichidagi ma’lumotlar o’zgarishiga qarab o’zgaradi.
Hozirgi kunda kompyutеr algеbrasining nisbatan
imkoniyatli pakеtlari bu - Mathematica, Maple, MATLAB, MathCad, Derive va Scientific WorkPlace. Bulardan Mathematica, Maple profеssional matеmatiklar uchun mo`ljallangan bo`lib imkoniyat-larning boyligi, ishlatishda murakkabligi bilan ajralib turadi