1- laboratoriya mashg'uloti Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari Ishning maqsadi



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix09.08.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#63066
1   2   3   4   5   6   7
1-lab

4. Attributes bo’limi – Tanlangan qurilmaning xususiyatlari va belgilarini 
sozlaydi. 


Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 
 
Vazifa: 3 ta kompyuter va svitch bilan mantiqiy tarmoqni hosil qilish va 
“Copper Straight - Through” turidagi kabel bilan ularni bog`lash. 
1-qadam. Tarmoqni qurish 
Dastur oynasining chap quyi burchagida qurilmalar guruhi yoki kategoriyalari 
ko`rsatilgan, masalan marshrutizatorlar (router), kommutatorlar (switch) yoki 
oxirgi qurilmalar (end devices). Kursorni qurilmalar kategoriyalari ustidan 
harkatlantirilsa, har bir kategoriyadagi qurilmalar ko`rinadi. Qurilmani tanlash 
uchun, birinchi qurilma kategoriyasi tanlanadi, so`ngra kerakli qurilma tanlab 
olinadi. 
Quyi chap burchakdagi banddan End devicesni tanlang. Ish maydoningizga 3ta 
Generic PCni olib qo`ying. 
a) Quyi chap burchakdagi variantlardan Switch guruhini tanlang va ish 
maydoniga 2950-24 kommutatorni qo`ying. 
b) Quyi chap burchakdagi Connections bandini tanlang va Copper Straight-
through kabeli orqali xar bir kompyuterni kontsentratorga ulang, ya’ni: 
I) PC0 ni FastEthernet 0/1ga ulang 
II) PC1ni FastEthernet 0/2 ga ulang 
III) PC2ni FastEthernet 0/3 ga ulang 
Qurilmalarni sozlash parametrlari
1.1-jadval 
Qurilma 
IP-manzil 
Tarmoq osti maskasi 
Shlyuz 
PC0 
192.168.1.10 
255.255.255.0 
192.168.1.1 
PC1 
192.168.1.11 
255.255.255.0 
192.168.1.1 
PC2 
192.168.1.12 
255.255.255.0 
192.168.1.1 
2-qadam. Tarmoq qurilmalarini sozlash 
a) PCni tanlang va Desktop bandiga kiring. 
b) IP Configuration bandini tanlang
v) IP address, Subnet Mask va Default Gatewaylarni quyida berilgan jadvaldagi 
ma’lumotlar orqali sozlang. 
g) Xar bir PC da a-b qadamlarni takrorlang.


1.1-rasm. Switch yordamida kompyuterlarni ulash. 
1.2-rasm. PC0ga IP manzil berish. 


 
1.3-rasm. PC1ga IP manzil berish. 
1.4-rasm. PC2ga IP manzil berish. 
d) Siz berilgan vazifalarni 100% bajargan bo`lishingiz kerak. Vazifani to`lik 
bajarilganini tekshirish uchun Check Results  bandini tanlab vazifani bajarilganlik 
darajasini aniklash mumkin. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin