Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 5BT-S-22-guruh talabasi Kenjayeva Munisa Husanjon qizi Mavzu: Fe`llarning nisbat kategoriyasi. Fe`llarning mayl kategoriyasi. Fe`llarning zamon kategoriyasi. Fe`llarning shaxs-son kategoriyasi. Annotasiya: ushbu maqoladan fe`l so`z turkumi, fe`lning nisbat kategoriyalari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlamiz. Unda asosan fe`lning nisbat, mayl, zamon , shaxs-son kategoriyalari haqida umumiy ma`lumotlargachuqurroq ma`lumotga ega bo`lamiz .
Tayanch iboralar:Kategoriya, fe`l mayllari, shaxs-son, , kompozitsiya, fe`l kategoriyalari.
Fe’l shakllarining garammatik kategoriyaga munosa-bati. Fe’l shakllari fe’lning ma’lum bir grammatik kategoriyasiga xos shakllar tizimini hosil qilish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) kategorial; 2) nokategorial (vazifadosh) shakl.
Kategoriyal shakl, fe’lning ma’lum bir kategoriyasiga xos grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, daraja, mayl, zamon va shaxs-son kategoriyalariga xos shakllar ana shunday fe’llardir.
Fe’lning biron-bir grammatik kategoriyasiga xos bo‘lmay, turli modal ma’nolar ifodalash yoki boshqa vazifalarni bajarish uchun qo‘lla-nuvchi shakllari vazifadosh, ya’ni nokategorial shakllardir. Masalan, harakatning takroriyligi, kuchsizligini bildiruvchi turtkila, kulimsira kabilar, shuningdek, sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi kabilar fe’lning vazifadosh shakllaridandir.
Fe’lning grammatik kategoriyalari.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: 1) nisbat kategoriyasi; 2) bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; 3) mayl kategoriyasi; 4) zamon kategoriyasi; 5) shaxs-son kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi. Fe’ldan anglashilgan harakatning bajaruvchi va bajariladigan harakat o‘rtasidagi munosabatining ifodala-nishi fe’l nisbati deyiladi. Masalan: Sobir akasidan kelgan xatni Alisherga o‘qitdi gapida Sobir ega, Alisherga to‘ldiruvchidir. Ushbu gapda asosiy harakat bajaruvchi Alisher, ya’ni to‘ldiruvchi bo‘lib, Sobir, ya’ni ega harakat bajarilishida vosita bo‘lgan shaxs xolos. Jumladagi ikki bajaruvchi orasidagi harakat bajarish bilan bog‘liq ana shunday munosabat fe’lning nisbat shakli orqali ifodalanadi: o‘qi+t+di. Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi affikslar(1) vositasida ifodalanadi. Bu affikslar fe’lning lug‘aviy ma’nosini batamom yangilamay, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i qo‘shadi. Qiyoslang: yuv+(di)-yuv+in+(di) - yuv+il+(di) - yuv+ish+(di) – yuv+dir+(di). Ba’zi fe’llarga nisbat qo‘shimchalari birdan ortiq qo‘shilib kelishi ham mumkin: yoz+dir+il+di, beza+n+tir+ish+di. Bunday holda fe’l nisbati oxirgi nisbat qo‘shimchasiga qarab belgilanadi. Fe’l nisbatlarning quyidagicha beshta turi bor:
1. Aniq nisbat. Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganini yoki bajarilmaganini ifodalaydi. To‘ldiruvchi esa harakatning obyekti bo‘ladi. Aniq nisbat maxsus affiksga ega emas: o‘qidi, yozdi, kutdi kabi sof fe’llar ana shu nisbatdadir.