Ma’lumki, harakat (yo holat) ning voqe bo’lish (yoki bo’lmaslik) tushunchasi mantiqan zamon bilan bog’liq bo’ladi, ya’ni ma’lum bir harakat ma’lum bir zamon (payt, vaqt)da bajarilish yoki bajarilmaslik xususiyatiga ega.
www.arxiv.uz
Fe’llardagi zamon tushunchasi nisbiy bo’lib, u nutq so’zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi. Shunga ko’ra, fe’llarda dastlab uch zamon, tushunchasi belgilanadi (o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon). Zamon ma’nosi esa fe’l tarkibida qo’llangan grammatik ko’rsatkichlar orqali reallashadi.
www.arxiv.uz
Masalan:
1. Ro’paramizda uncha katta bґlmagan qishloq ko’rinadi. (X.Tojiboev.).
3. Hozirgi yoshlarning she’rlarida poeziyamizning eng ilg’or an’analari davom etmoqda (V.V.).
4. Vaqt uchqur qushday uchib o’tyapti (E.V.).
5. Yoshlar uchun ko’nglimda tugib yurgan ba’zi fikrlarni aytmoqchiman (E.V.).
www.arxiv.uz
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida o’tgan zamon; uchinchi va to’rtinchisida hozirgi zamon; beshinchisida esa kelasi zamon fe’l formalari qo’llangan. Bu fe’llar tarkibidagi –di, -gan qo’shimchalari o’tgan zamon; –moqda, -yap qo’shimchalari hozirgi zamon; -moqchi affiksi esa kelasi zamon ko’rsatkichi sanaladi.
www.arxiv.uz
Bu misollardagi ajratib ko’rsatilgan (aniqlik yoki ijro mayliga) birlashadi.
Bu misollardagi ajratib ko’rsatilgan (aniqlik yoki ijro mayliga) birlashadi.
O’tgan zamon, ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (bo’lishli shaklda) yoki bajarilmagan (bo’lishsiz shaklda)ini ifodalaydi.
O’tgan zamon fe’l formalari nutqda o’zaro xususiy modal ma’nolariga ko’ra farqlanadi. Bu esa ularni ichki ma’no turlariga ajratishni taqozo etadi. O’zbek tilshunosligida o’tgan zamon fe’llarining asosan, quyidagi turlari ajratiladi:
1) yaqin o’tgan zamon;
2) uzoq o’tgan zamon;
3) o’tgan zamon hikoya;
4) o’tgan zamon davom;
5) o’tgan zamon maqsad fe’llari.
www.arxiv.uz
Yaqin o’tgan zamon fe’li -di affiksli sof fe’lni tuslash orqali shakllanadi va u ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so’zlovchining ko’z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi.
www.arxiv.uz
Uzoq o’tgan zamon fe’li nutq so’zlanib turgan paytdan ancha ilgari bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu xaqda nutq so’zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. O’tgan zamonning bu turi nutqda aniq eslash (yoki eslatish), eshitilganlik, kutilmaganda eslash kabi qo’shimcha ma’nolarga ham ega bo’la oladi.
www.arxiv.uz
Uzoq o’tgan zamon fe’li, birinchidan, -gan affiksli o’tgan zamon sifatdoshini tuslash orqali; ikkinchidan, o’tgan zamon sifatdoshiga edi(-di), ekan(-kan), emish(-mish) to’liqsiz fe’llarini tuslash orqali ifodalanadi.