1. Geotizmlar energiya aylanishi 2. Geotizmlar aylanma harakat. 3. Biologik aylanma harakat. 4. Biokimyoviy aylanma harakat. 5. Suvning aylanma harakati. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Asosiy tayanch termin va tushunchalar:aylanma harakat, energiya oqimi, geologik (katta) aylanma harakat, biologik (kichik) aylanma harakat, modda almashinuvi, biotik aylanma harakat,fotosintez, modda va energiyaning umumgeografik aylanma harakati.
Geografik qobiq dinamik sistema bo`lib, unda moddalarning harakati uzluksiz sodir bo`ladi, energiyaning biri turining boshqa bir turga o`tishi kuzatiladi, yo`nalishli o`zgarishlar va ritmikaning jarayonlari namoyon bo`ladi. Bu jarayonlarning barchasi geografik qobiq va tashqi muhit orasida kechadigan energiya va modda almashinuvining murakkab sistemasini hosil qiladi.
Geografik qobiqning komponentlari va elementlari o`zaro energiya va modda almashuning muayyan munosabatlariga ega. Geografik qoboq komponentlarining o`zaro ta’siri modda va energiya almashuvi tufayli amalga oshadi. Modda va energiyaning komponentdan komponentga berilishi murakkab o`zgarishlar bilan bir paytda sodir bo`ladi, qobiqning alohida strukturaviy qismlarida yangi sifatlarni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi va ularni yaxlit tizimga bog`laydi. Geografik qobiq – Yerning murakkab o`z-o`zini tartibga soladigan tabiiy sistemasi bo`lib, unda geosferalar orasida energiya va moddaning dinamik muvozanatda bo`lgan almashinuvi sodir bo`ladi. Modda va energiya almashuvining geografik qobiqda barcha joyda va barcha paytda mavjudligi sababli qobiq yagona moddiy sistemadir.
Geografik qobiqda modda va energiyaning tirli harakatlari aylanma harakatlar ko`rinishiga ega. Energiya aylanishi – bu Yerga tushadigan Quyosh radiatsiyasining kimyoviy bog`lanishlar energiyasiga o`zgarishidir. Yer yuzasiga har yili Quyoshdan 5∙1020 kkal miqdorida nur energiyasi oladi. Bu energiyaning taxminan yarmi katta aylanma harakatga sabab bo`ladigan suvning bug`lanishiga sarf bo`ladi. Yer yuzasiga tushadigan energiyaning atigi 0,1-0,2 %i organik moddaning hosil bo`lishiga sarflanadi. Energiya aylanishi yashil o`simliklar tomonidan fotosintez jarayonida amalga oshadi. Energiya barcha jonli organizmlarning hayotiy faoliyati jarayonlariga sarf bo`ladi yoki issiqlik sifatida ajralib chiqadi yoki Yer po`stida ko`mir, neft, torf qatlamlarida konservatsiya bo`ladi.
Moddalarning tabiatda birgalikda va o`zaro bog`liq holda o`zgarishi va ko`chib yurishining ko`p marta takrorlanadigan va ozmi-ko`pmi siklli sajiyasisiga ega bo`lgan jarayonlar moddalarning aylanma harakati deyiladi. Moddalarning umumiy aylanma harakati barcha geosferalar uchun xos va kimyoviy elementlar, suv, gazlar va boshqa moddalarning aylanma harakatining ayrim jarayonlaridan yuzaga keladi. Aylanma harakat jarayonlari moddalarning tarqalib ketishi, uning tarkibining, to`planishi (konsentratsiyasi) va tarqalishining (dekonsetratsiyasi) o`zgarishi tufayli to`liq qaytmaydi.