Lug’at tarkibining faolligi yoki nofaolligi jihatdan tavfsiflanishi ; lug’at tarkibining hissiy-ta’siriy bo’yoqdorligi jihatdan tavsiflanishi Yuldasheva Farida Reja - Lug’at tarkibining faolligi yoki nofaolligi jihatdan tavfsiflanishi
- lug’at tarkibining hissiy-ta’siriy bo’yoqdorligi jihatdan tavsiflanishi
Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar) Qo`llanish doirasi chegaralangan leksika (so`zlar) РОСТ ГОДОВОГО ДОХОДА Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar) Bu guruh o`zbek millatiga mansub barcha insonlar tomonidan kundalik turmushda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Bu so`zlar guruhi qo`llanish doirasi chegaralangan leksika yoki umumxalq leksikasi deb yuritiladi.
Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor: 1. Bunday so‘zlardan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’i nazar o`zbek millatiga mansub barcha kishilar foydalanadi. 2. Bu so`zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo`ladi. 3. Bu so`zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so`z turkumlariga oid bo`ladi. 4. Bu so`zlarning ko`p qismini umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar tashkil etadi. 5. Boshqa tillardan kirgan so`zlar ham o`zbek xalqining barchasiga tushunarli bo`lsa, ular ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralanmaydi.
Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, xafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; fors-tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, sirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi. Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, xafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; fors-tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, sirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi. Demak, qo`llanish doirasi chegaralanmagan so`zlar o`z qatlamga ham, o`zlashgan qatlamga ham oid bo`lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, umumxalq leksikasi har qanday til lug`atining asosini, yadroisini tashkil etadi. Bu leksika tarkib jihatidan barqaror bo`lib, hayotiy zarur bo`lgan tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi Qo`llanish doirasi chegaralangan leksika (so`zlar) Qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor:
Bir millatning ma’lum hududdagina yashaydigan vakillari tomonidan ishlatiladigan so`zlar yig`indisi dialectal leksika deb ataladi.Dialekt – yunoncha so`z bo`lib, dialektos – «tilning mahalliy ko`rinishi» demakdir. Dialektal leksika birligi dialektizmlar deb yuritiladi 2. Ijtimoiy dialektal leksika Bu leksikaga mansub so`zlar ma’lum ijtimoiy guruhlar tomonidan ishlatiladigan so`zlardir. Bu guruhga jargonlar va argo so`zlar kiradi
jargonlar - jargonlar (fransuzcha “buzilgan til” degani) «umumtildagi”(ustoz prof. Sh. Rahmatullayev ifodasi) so`zlardan shakily jihatdan farq qiladigan, ko`pincha og`zaki muloqotda ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan o`zini tilning boshqa vakillaridan ajratib ko`rsatish maqsadida qo`llanadigan birliklardir: yakan (pul), nishtyak (zo`r) va h.
Jargonlarning quyidagi xususiyatlari bor:
- shakily jihatdan umumtildagi so`zlardan farq qiladi. Masalan, mullajiring jargon so`zi qismlari bizga tanishday ko`rinadi, lekin bu ikki qismning o`zaro bog`lanishi mantiqan to`g`ri emas.
kamsitish, yerga urish, yomonlash kabi qo`shimcha ma’no bo`yoqlariga ega. Masalan, dum jargon so`zida kamsitish ma’nosi borligi seziladi
argolar ) argolar (fransuzcha argot – “o`zgalar uchun yopiq”degani) ayrim salbiy ijtimoiy guruhlar (o`grilar, qaroqchilar) tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so`zlardir: oq qirg`oq (100 so`m), qizil (tilla) va h. Argolarning xususiyatlari: - shakily jihatdan umumtildan farq qilmaydi;
- yashirin ma’noga ega;
kamsitish, yerga urish ma’nolari yo`q
Dostları ilə paylaş: |