Uyumga tasir etish usullari Qatlamga chegara tashqarisidan suv haydash, chegara bo‘ylab suv haydash, uyum ichidan suv haydash, uyumni bo‘laklarga bo‘lish, gumbaz qismidan suv haydash, manba’li suv haydash, maydonli suv haydash, markazdan suv haydash, yo‘naltirilgan suv haydash, oluvchi quduqlar, haydovchi quduqlar, haydash bosimi, bo‘lakli suvhaydash, besh nuqtali suv haydash, yetti nuqtali suv haydash, haydalgan suv va olingan suyuqlik nisbati, suv haydashdan olingan iqtisodiy samara va sh.k.
3.1. Suv bostirish texnologiyasi. Neft uyumiga ta’sir maqsadi qatlam bosimini ushlash va undan ham muhimi oxirgi neft beraoluvchanligini oshirishdir. Qatlamga ta’sir etish bundan tashqari oxirgi ishlatish davrida ishlayotgan tugallangan konlarda ham qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘p holatda ta’sir etish usullari har ikkala maqsadda qatlam bosimini ushlash va oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Neft uyumlariga ta’sir etish miqyosi juda katta. 85% atrofida neft qatlamdan ta’sir qilish usulari yordamida qazib olinadi.
Uyumdan neft qazib olish sur’atini yaxshilash va uning oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab qatlam bosimini ushlab turish usullaridan foydalaniladi.
Ular ichida qatlam bosimini suv haydab ushlashorqali ta’sir etish asosiy usullardan biri sanaladi.
Qatlamga ta’sir etishning quyidagi asosiy usullari mavjuddir.
Maxsuldor qatlamni teshish (O’qli teshish usuli)
Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini maxsuldor qatlamning kerakli chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam xarajatliligi uchun ko’p qo’llaniladi.
Maxsuldor qatlam otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish (perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo’llaniladigan apprat perforotor deb ataladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement xalqasida teshik hosil kilish uchun to’rtta usuldan foydalaniladi:
O’qli, o’qsiz, torpedalash va suv qum aralashmasi bilan teshish.
O’qli perfaratorlarning quyidagi turlari mavjud:
1)Bir vaqtda otiladigan teshgichlar, bunda maxsuldor qatlamni teshish barcha o’qlar bir vaqtda otilib, maxsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustaxkam qalin qatlamli quduqlarda qo’llaniladi.
2)O’klari ketma-ket otiladigan perfaratorlar, bunda birinchi o’q otilgandan keyin ikkinchi o’q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq hosil bo’lishi)ni oldini olish uchun qo’llaniladi.
3)Terib otuvchi perfaratorlar bunda kerakli oraliklarni navbatma-navbat otish uchun qo’llaniladi. Bu usul kalin bo’lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi.
O’kli perfaratorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi.Tizmani teshishda 11-12,7 mm li o’klardan foydalaniladi. O’kli teshgichning kamchilik tomoni barcha otishlar xar doim ham tizmni tesha olmaydi. Ayrim otishlarda energiyaning tezda yo’qatishi natijasida tizmani teshib o’tmaydi.O’kli perfaratorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3.